Tinchlik bo‘yicha Nobel mukofoti eronlik inson huquqlari faoliga berildi

E’lon qilingan sana· 39
Tinchlik bo‘yicha Nobel mukofoti eronlik inson huquqlari faoliga berildi

Nobel laureatlarini e’lon qilish davom etmoqda. 6-oktyabr kuni Tinchlik bo‘yicha Nobel mukofoti eronlik huquq himoyachisi, ayollar huquqlari uchun kurashayotgan va hozirda qamoqda saqlanayotgan Nargis Muhammadiyga berildi.

Ayollar va inson huquqlari faoli, ozodlik kurashchisi, mamlakat hukumati tomonidan bir necha bor qamoqqa olingan va hozir ham o‘sha yerda salqanayotgan Nargis Muhammad 2023-yilgi Tinchlik bo‘yicha Nobel mukofotiga loyiq ko‘rildi.

Oslodagi Nobel qo‘mitasi Nargis Muhammadiyga “Eronda ayollarga nisbatan zulmga qarshi kurash va barcha uchun inson huquqlari va erkinliklarini ta’minlash uchun olib borgan kurashi uchun” mukofot topshirilganini yozadi.

Ma’lumot uchun, Tinchlik bo‘yicha mukofot, Alfred Nobel vasiyatiga ko‘ra, “xalqlarni birlashtirish va faol armiyalar sonini kamaytirish, shuningdek, tinchlik kongresslarini o‘tkazish va ularga e’tiborni jalb qilishda eng katta muvaffaqiyatga erishgan yoki boshqalardan ko‘proq ish qilgan shaxsga beriladi”.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq, tibbiyot, fizika, kimyo va adabiyot bo‘yicha laureatlar e’lon qilingandi. 9-oktyabr kuni esa iqtisod bo‘yicha mukofot topshiriladi.

Afisha.uz saytidagi ma‘lumotlarni ko‘paytirish, nusxalash, tarqatish va boshqa maqsadlarda foydalanish faqat tahririyatning yozma ruxsati bilan mumkin. Foydalanuvchi kelishuvi
Elektron OAV guvohnomasi №0400. Berilgan sanasi 13-avgust 2019-yil
Muassis: «Afisha Media» MChJ
Bosh muharrir: Sapayeva Galina Vyacheslavovna
Manzil: 100007, Toshkent, Parkent ko‘chasi, 26А / Pochta: info@afisha.uz
© 2005-2024 Afisha.uz
«Afisha Media» MChJ