Anons

"Vektor 4.0" hakatoni

E’lon qilingan sana· 51
"Vektor 4.0" hakatoni

Toshkentda o‘rta maktab o‘quvchilari uchun “Vektor 4.0” ta’lim hakatoni bo‘lib o‘tadi.

“Rossotrudnichestvo” har yili turli mamlakatlardagi ko’plab loyihalarni qo’llab-quvvatlaydi. Ta’lim rus tilida olib boriladigan O‘zbekiston Respublikasi maktablarida yuqori sinf o‘quvchilari uchun xakaton ana shunday loyihalardan biri bo‘lib, uni tashkil etish va amalga oshirish ikki davlat o‘rtasida mavjud madaniyatlararo aloqalarni mustahkamlash, hamkorlikning yangi formatlarini rivojlantirishga qaratilgan.

Hakaton ishtirokchilari repetitorlar rahbarligida o‘rta maktab o‘quvchilari va abituriyentlarga o‘z kelajakdagi kasbini tanlashda yordam beradigan bir nechta raqamli mahsulotlarni yaratadilar: sayt, telegram bot, kompyuter o‘yini yoki interaktiv kurs.

Hakatonda ishtirok etish bepul.

Ushbu havola orqali oldindan ro’yxatdan o’tish talab qilinadi.

Tashkilotchilar: Mustaqil Davlatlar Hamdoʻstligi, Xorijda yashovchi vatandoshlar va xalqaro gumanitar hamkorlik boʻyicha federal agentlik (Rossotrudnichestvo) hamda Qozon federal universiteti.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Jadval

  • 10-noyabr
    juma
  • 11-noyabr
    shanba
  • 12-noyabr
    yakshanba