Respublika bolalar kutubxonasi musiqa sinfiga taklif qiladi
E’lon qilingan sana: · 144

Respublika bolalar kutubxonasi musiqa sinfiga taklif qiladi.
Unda oʻqituvchi Lenora Nurullina musiqa maktabi o‘quvchilari, bitiruvchilari uchun fortepiano hamda solfedjio bo‘yicha madodkor mashg‘ulotlar o‘tkazadi. Hali musiqada bilimi boʻlmaganlar ham maslahat olishlari mumkin boʻladi.
Bepul mashg‘ulotlar haftada 3 kun o‘tkaziladi, dam olish va tozalik kunlari bundan mustasno. Ishtirok etish uchun ushbu havola orqali anketa toʻldirib, oʻqituvchining tasdigʻini kutish kerak.
Bunda mashgʻulotdan maqsadni ham tanlash kerak boʻladi, ular oldindan keltirilgan:
- Uyga vazifaga yordam;
- Imtihon yoki diktantga tayyorgarlik;
- Yangi asarni yodlash;
- Solfedjio boʻyicha yangi mavzuni muhokama qilish;
- Joʻr boʻlib mashq qilish;
- Tahsilni boshlamaganlar uchun maslahatlar;
- Boshqa sabab.
Eslatib oʻtamiz, Respublika bolalar kutubxonasida har hafta ma’rifiy dasturlar oʻtkaziladi. Ularning anonsini Afisha.uz'ning “Bilim” boʻlimidan kuzatib borishingiz mumkin.