Oxford lugʻati "rage bait" soʻzini yil soʻzi deb e'lon qildi

E’lon qilingan sana· 61
Oxford lugʻati "rage bait" soʻzini yil soʻzi deb e'lon qildi

Oxford English Dictionary 2025-yil uchun yil so‘zni e’lon qildi. Bu so‘z “rage bait” (“reyj-beyt”) bo‘lib, u ataylab odamlarni g‘azablantirish yoki norozilik uyg‘otish uchun yaratilgan kontentni anglatadi. Bunday postlar ko‘pincha auditoriya faolligini kuchaytirish maqsadida ishlatiladi.

Oxford Languages ma’lumotlariga ko‘ra, so‘nggi 12 oy ichida ushbu iboraning qo‘llanishi uch baravar oshgan. Tashkilot prezidenti Kasper Gratvolning aytishicha, bu o‘zgarish odamlarning internetdagi manipulyativ usullarni tobora ko‘proq anglayotganini ko‘rsatadi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, ilgari internetda asosiy maqsad odamlarning e’tiborini qiziqish uyg‘otish orqali jalb qilish bo‘lgan bo‘lsa, hozir esa hissiyotni boshqarish va ularni qo‘zg‘atishga qaratilgan kontentning keskin ko‘paygani kuzatilmoqda.

Shuningdek, Oxford 2025-yilning qisqa ro‘yxatiga yana ikki ibora kiritildi:

  • Aura farming — o‘zini ishonchli, sirli va jozibali ko‘rsatishga qaratilgan ijtimoiy imij yaratish va uni boshqarish amaliyoti.
  • Biohacking — ovqatlanish tartibi, mashq rejimi, dorilar yoki texnologik qurilmalar orqali tana va ong salohiyatini oshirishga qaratilgan yondashuv.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling