Kreativ iqtisodiyot bo‘yicha bepul onlayn darslar loyihasi ishga tushiriladi

Kreativ iqtisodiyotni rivojlantirish bo‘yicha “Supporting the Creative Economy” bepul onlayn dasturi ishga tushirilmoqda. Bu O‘zbekiston Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi, British Council va Creative Kazakhstan Agency bilan hamkorlikda tashkil etilgan.
Qayd etilishicha, dastur madaniy va ijodiy sanoat vakillari, shuningdek, madaniyat, turizm, shahar tashabbuslari va kreativ iqtisodiyotni rivojlantirish sohasida faoliyat yurituvchi mutaxassislar uchun foydali bo‘ladi.
Onlayn darslar 2026-yil 1-iyundan 28-iyungacha o‘tkaziladi. Ishtirokchilarni video darslar va Buyuk Britaniya hamda Markaziy Osiyodan kelgan xalqaro ekspertlar bilan jonli sessiyalar ham kutadi.
Shuningdek, dasturda ishtirok etish bepul bo‘lib, undan muvaffaqiyatli o‘tgandan so‘ng ishtirokchilar British Council va Cultural Oxford Associates tomonidan sertifikatga ega bo‘ladi.
Arizalarni 2026-yil 30-maygacha ushbu havola orqali topshirish mumkin.