Anons
“Kreativ iqtisodiyotni qo‘llab-quvvatlash” dasturining ekspert sessiyasi
E’lon qilingan sana: · 4

Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasida “Kreativ iqtisodiyotni qo‘llab-quvvatlash” xalqaro dasturining ekspert sessiyasi bo‘lib o‘tadi.
Tadbir Britaniya Kengashi va Creative Kazakhstan agentligi tomonidan O‘zbekiston Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi hamda O‘zbekiston Kreativ industriya parki bilan hamkorlikda tashkil etilmoqda.
Dastur O‘zbekiston va mintaqada kreativ sektorni rivojlantirishning asosiy masalalari hamda tendensiyalarini muhokama qilish uchun professional maydon vazifasini bajaradi. Sessiya davlat idoralari, xalqaro tashkilotlar, tadbirkorlar, Kreativ industriya parki rezidentlari, dastur bitiruvchilari va soha mutaxassislarini birlashtiradi.
Dasturdan quyidagilar o‘rin olgan:
- Ekspert ma’ruzasi: kreativ iqtisodiyot bo‘yicha xalqaro ekspert Daniyar Amanaliyevning ma’ruzasi.
- Ochiq muloqot: O‘zbekiston Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi raisining birinchi o‘rinbosari Azizbek Mannopov bilan Jamg‘arma va Kreativ industriya parkining o‘rni, ularning bugungi faoliyati hamda istiqbollari haqida suhbat.
- Netvorking: soha mutaxassislari bilan professional tanishuv va tajriba almashish.
.

Jadval
31-iyul
10:00