Anons
9 Muses Art Club’da avgust oyi tadbirlari
E’lon qilingan sana: · 54

9 Muses Art Space avgust oyiga mo‘ljallangan ma’ruzalar, mahorat darslari va klub uchrashuvlari dasturini taqdim etdi. Mehmonlarni kinonamoyishlar, art-branchlar, degustatsiyalar va botanika bo‘yicha mahorat darslari kutmoqda.
Tadbirlar dasturi:
- 9-avgust, 15:00 — “Uilyam Morris. Ruh bilan yaratilgan dizayn” art-branchi. Ma’ruzachi — K. Andronova. Narxi: 350 000 so‘m (ma'ruza, netvorking va yengil tamaddilar kiradi);
- 12-avgust, 19:00 — “Cho‘ldagi muzeylar oroli” me’morchilik mavzusidagi ma’ruza. Ma’ruzachi — R. Safina. Narxi: 300 000 so‘m (ma'ruza, netvorking va yengil tamaddilar kiradi);
- 14-avgust, 19:00 — E. Yefarovaning vino klubi: “Provans — mashhur roze vinolar vatani”. Narxi: 350 000 so‘m (ma'ruza, degustatsiya va yengil gazaklar kiradi);
- 18 va 25-avgust, 19:00 — D. Nesterenko boshchiligidagi kitobxonlar klubi. S. Dovlatovning “Chemodan” asari (1−2-boblar). Narxi: 200 000 so‘m (ichimliklar kiradi);
- 21-avgust, 19:00 — E. Yefarovaning vino klubi: “Fransiyaning ko‘pikli vinolari: faqat Shampan emas”. Narxi: 350 000 so‘m (ma'ruza, degustatsiya va yengil gazaklar kiradi);
- 22-avgust, 17:00 — V. Filipenko bilan “Xona o‘simliklari uchun SOS-kecha”. O‘simliklarni davolash va ko‘chirib o‘tqazish bo‘yicha amaliy mashg‘ulot. Narxi: 350 000 so‘mdan (o‘simlik hajmiga qarab, gultuvak, preparatlar va o‘g‘itlar kiradi);
- 28-avgust, 19:00 — E. Yefarovaning vino klubi: “Burgundiya: terroir tug‘iladigan maskan”. Narxi: 300 000 so‘m.
Ro‘yxatdan o‘tish — havola orqali.
Jadval
21-avgust
19:00
22-avgust
17:00
28-avgust
19:00