Neon Toshkent: yopiq rollerdrom Rolling night

Опубликовано· 3 209
Neon Toshkent: yopiq rollerdrom Rolling night

Toshkentda kvadro-roliklar yana urfga kirdi. Qachonlardir amerika filьmlaridagi oldskul roliklari barchaga birdek yoqqan edi. Diskotekalarda neon nuri ostida oʼspirinlar konьkilarda raqs tushishardi, xushbichim qizlar esa Kaliforniya plyajlari boʼylab sirli va joʼshqin tarzda konьkilarda uchib, ortlaridan uzoqlarga boshlab ketishardi. 80-yillardagi ushbu erkinlik va oʼynoqilik ruhi bizning zamonaviy hayotimizga kvadro-roliklarda qaytmoqda. Oʼtgan kunlar muhitiga tushishni qaror qilgan har bir kishi uchun ob-havo injiqliklaridan butunlay himoyalangan yopiq rolik klubi – Rolling night oʼz eshiklarini ochadi.



Rolling night 2020 yil boshida poytaxtda ochildi va bu joy u yerga kamida bir marta tashrif buyurganlar kishilarning sevimli maskaniga aylandi. Rollerdrom “Novza” metro bekatidan chiqishda, Makro supermarketi bilan bir binoda joylashgan.



Rolling night – bu 50 kishiga moʼljallangan 600 kv.m maydonga ega keng yopiq rollerdromdir. Roliklarda uchish maydonchasining perimetri boʼylab bar peshtaxtasi va panjaralar oʼrnatilgan. Ota-onalar farzandlarini koʼzdan qochirmasdan kuzatishlari uchun bu yerda barcha sharoitlar yaratilgan. Maydonning oʼzi esa zamonaviy silliq pollar va matli ustunlar bilan jihozlangan boʼlib, charchash yoki yiqilib tushish holatlarida ularga suyanish mumkin.

Rolik klubining nomi shahar koʼchalari boʼylab birgalikda sayr qilishni anglatadi. U yerning muhiti – yarim qorongʼulik va chiroqlarning rangli yonishi ham nomiga mos. Taralayotgan dinamik musiqa bilan birgalikda Rolling night koʼchada aylanishning ajoyib alternativasiga aylanadi. Rollerdromda ham muz maydonchasidagi kabi soat millariga qarshi harakat qilinadi. Biroq, tajribali rollerlar ushbu yozilmagan qoidani buzishi mumkin – ularning muvofiqlashtirilishi favqulodda vaziyatlarni keltirib chiqarmaslikka yordam beradi. Аgar jarohat olsangiz, klub hududida birinchi tibbiy yordamni koʼrsatish uchun hamshira ishlaydi.



Kuz va qishki taʼtil paytida rolik klubi gadjetlarga ajoyib alternativa boʼlib, bolada yorqin taassurotlar qoldiradi va ota-onalar uchun biroz xotirjamlikni beradi. Bu davrda, kechqurun va dam olish kunlari har doim Rolling nightda odam koʼp boʼladi. Shuning uchun, agar siz yolgʼiz uchishni afzal koʼrsangiz, ertaroq – tushlikdan oldin kelganingiz maʼqul.

Agar siz endi roliklarga oʼrganayotgan boʼlsangiz, malakali murabbiylar sizning xizmatingizda. Qoʼshimcha haq evaziga ular roliklarda uchish va piruet chizishni oʼrgatishadi.


Rollerdromda siz kvadro-rolikni ijaraga olishingiz mumkin – oʼlchamlari 48 oʼlchamga chizgʼichiga yetadi yoki oʼzingizniki bilan kelishingiz mumkin. Tashrifning narxiga roliklar, kiyim-bosh va paypoqlar berilishi kiradi. Shaxsiy narsalarni javonchada va ustki kiyimlarni garderobda qoldirish mumkin.


Rolling nightning afzalliklaridan biri bu kafe va restoranning mavjudligidir. Shuning uchun, bu yerda nafaqat mashq qilish va ovqatlanish, balki doʼstlar bilan uchrashish, taʼtilda boʼlgan bolalarni oʼynatish va tugʼilgan kunlarni nishonlash mumkin. Rollerdrom hududida yumshoq divanlar bilan jihozlangan bar, uchinchi qavatda esa turk oshxonasi kafesi – Anatolia (kafesi) joylashgan. Yana bir qulaylik – ofitsiantlar rollerdromdan buyurtma qabul qilishadi. Turk oshpazining rahbarligi ostida kafeda goʼshtli taomlar, salatlar va shirinliklar tayyorlanadi. Kichik mehmonlarning taʼbiga qarab menyuda gamburger va pitstsa uchun alohida joy ajratilgan.


Rolik klubi har kuni soat 10:00 dan 22:00 gacha ishlaydi.
Toʼlov soatbay amalga oshiriladi, tashriflar narxi esa yoshga bogʼliq.


10 yoshgacha boʼlgan bolalar uchun kirish chiptasi 10 000 soʼm, 17 yoshgacha boʼlganlar uchun – 15 000 soʼmdan, kattalar esa bir soat uchun 20 000 soʼm toʼlashi kerak. Tez-tez tashrif buyuruvchilar uchun abonementlar koʼzda tutilgan. Ularning narxi 12 ta dars uchun 100 000dan 200 000 soʼmgacha oʼzgarib turadi. Instruktorning xizmatlari soatiga 30 000 soʼmni tashkil qiladi.

Koʼproq surat


Rolling night

Manzil: Mukimi, 1a uy.
Moʼljal: “Novza” metro bekati, Makro supermarketi, Novias plaza.
Telefonlar: (+998) 99-001-7044, (+998) 97-440-1212, (+998) 99-800-1622.
Instagram: @rollingnight
Facebook: fb.com/rollingnight

Reklama huquqi asosida.

Подпишитесь на наш Telegram