Revansh, prezident tashrifi, g'alaba - Toshkentda dzyudo bo'yicha Jahon chempionati qanday o'tmoqda?

Опубликовано· 383
Revansh, prezident tashrifi, g'alaba - Toshkentda dzyudo bo'yicha Jahon chempionati qanday o'tmoqda?

Toshkent shahrida dzyudo bo’yicha Jahon chempionati bo’lib o’tmoqda. 90 kg vazn toifasida bellashgan O‘zbekiston vakili Davlat Bobonovning italiyalik Kristian Parlati ustidan g‘alaba qozonib, jahon chempioniga aylandi.

Ma’lumki, bu nufuzi bo‘yicha Olimpiya o‘yinlaridan keyingi o‘rinda turadigan muhim musobaqadir. O’zbekistonda birinchi marta o‘tayotgan mazkur chempionatda 82 ta mamlakatdan 571 nafar dzyudochi ishtirok etmoqda. O‘zbekiston milliy terma jamoasi safida 18 nafar yigit-qiz kurashmoqda.

Davlat rahbari erkaklar o‘rtasida 90 kilogramgacha bo‘lgan vazn toifasidagi final bellashuvini kuzatdi. Qizg‘in va teng kurashlar ostida o‘tgan bahsda o’zbekistonlik Davlat Bobonov italiyalik raqibi Kristian Parlatini yengib, oltin medalni qo‘lga kiritdi. Bu O’zbekiston dzyudosi tarixida yana bir katta muvaffaqiyat bo‘ldi.

G‘olib Davlat Bobonov (oltin) va sovrindorlar Kristian Parlati (kumush), gruziyalik Lasha Bekauri va Luka Maysuradzega (bronza) medallarni prezident Shavkat Mirziyoyev topshirdi.

Musobaqaning keyingi kunlarida yana to‘rt nafar sportchimiz gilamga chiqadi. Jahon chempionati 13 oktabr kuni yakunlanadi.

Bellashuvdan so‘ng Davlat Bobonov jurnalistlarga intervyu berdi.

«Men yarim finalda yutganimda bosh vazir Abdulla Aripov kelib shaxsan prezidentning o‘zi final bahsini kuzatishini aytdi. Bu sportchi uchun juda ham katta motivatsiya. Finalga shu gapni eshitib chiqdim. Prezident tomosha qilib o‘tirganidan keyin yutqazishga haqqim yo‘q edi. Umuman olganda jahon chempionatida ikkinchi marta kurashishim. O‘tgan yili Vengriyada o‘tgan chempionatda finalda yutqazgandim. Joriy yilda shu 100 foiz bosim bo‘lib turgan bo‘lsa, bu [prezidentning kuzatishi] yana ham bosim bo‘ldi. Allohga shukur, uddaladik», — dedi u.

Фотограф
Юрий Корсунцев
Воспроизводство, копирование, тиражирование, распространение и иное использование информации с сайта Afisha.uz возможно только с предварительного письменного разрешения редакции. Пользовательское соглашение
Свидетельство регистрации электронного СМИ №0400 от 13 августа 2019 г.
Учредитель: ООО «Afisha Media»
Главный редактор: Сапаева Галина Вячеславовна
Адрес: 100007, Ташкент, ул. Паркент, 26А / Почта: info@afisha.uz
© 2005-2023 Afisha.uz
ООО «Afisha Media»