Billi Aylish va Jeyms Kemeron hamkorlikda qoʻshma loyiha ustida ishlamoqda

Billi Aylish Manchester shahridagi konsertlarining birida muxlislarga murojaat qilib, “Titanik” va “Avatar” filmlari rejissyori Jeyms Kemeron bilan qo‘shma loyiha ustida ishlayotganini aytdi.c
“E'tibor bergan bo‘lsangiz kerak, bu yerda kameralar odatdagidan ko‘proq. Men ko‘p narsa ayta olmayman, lekin shuni aytishim mumkinki, men Jeyms Kemeron bilan juda o‘ziga xos narsa ustida ishlayapman va bu 3D bo‘ladi. Xullas, buni qanday qabul qilsangiz, shunday qabul qiling, lekin bu yerda, Manchesterda, siz bilan biz o‘tkazayotgan to‘rtta konsert men rejissyor bilan birga yaratayotgan loyihaning bir qismi hisoblanadi. Shuning uchun kameralarga e’tibor bermang. Ha, men ketma-ket to‘rt kun shu kiyimda bo‘laman”, — deydi xonanda.
Hozirda Billi Aylish oʻzining uchinchi “Hit Me Hard and Soft” albomi bilan gastrol safarlarida yuribdi. Shuningdek, konsert davomida u muxlislar orasida Kemeron borligiga ishora qildi.
Hamkorlik tafsilotlari hozircha sir saqlanmoqda, biroq xonandaning muxlislari konsert filmi ustida ish olib borilayotganini taxmin qilmoqda. Qoʻshiqchining akasi va doimiy hamkori Finnaes loyihada ishtirok etishi yoki etmasligi ham noma’lum.
Billi Aylish kino boʻyicha tajribaga ega. 2021-yilda “Billie Eilish: The World’s a Little Blurry” hujjatli filmi chiqqandi, uning dastlabki versiyasi 27 soat davom etadi.
Avvalroq Billi Aylish 400 mingta futbolkani qayta ishlashga yuborishi haqida xabar berilgandi. Shuningdek, qoʻshiqchi o‘zini hech qachon juda chiroyli deb hisoblamagani haqida gapirgandi.
Billi Aylish 400 mingta futbolkani qayta ishlashga yuboradi
Billi Aylishning o‘tgan konsert-turlaridagi 400 mingga yaqin foydalanilmagan merch futbolkalari 280 mingta yangi mahsulot yaratish uchun qayta ishlashga yuboriladi. Bu haqda Fast Company saytida ma’lum qilindi.
"Hech qachon o‘zimni go‘zal deb hisoblamaganman" — Billi Aylish
Qoʻshiqchi Billi Aylish "Vogue" nashrida e'lon qilingan maqolada Sabrina Karpenter, Chappell Roan, Charli XCX va Greta Gervig kabi taniqli shaxslar savollariga javob berdi.