Kelgindi kuyov roli bilan tanilgan, oʻzini rejissyorlikda ham sinab koʻrgan va kinoni tark etgan Farruh Soipov haqida

E’lon qilingan sana· 734
Kelgindi kuyov roli bilan tanilgan, oʻzini rejissyorlikda ham sinab koʻrgan va kinoni tark etgan Farruh Soipov haqida

2000-yillarning avvalida tugʻilgan avlod oʻzbek kinosi haqida gapirar ekan koʻz oldida bir qator yomon kinoni ham sifatini oshirib berishi mumkin boʻlgan aktyorlar gavdlanadi. Ularning ba’zilari oʻz faoliyatini tugatib boshqa ishlar bilan shugʻullanayotgan boʻlsa, ba’zilari hozir ham xitga aylanayotgan kino va seriallarda suratga tushmoqda.

Oʻsha “kino erkin boʻlgan” deya eslanadigan davr haqida oʻylar ekanmiz, Ulugʻbek Qodirovning “Telba"si, Alisher Uzoqovning “Janob hech kim"i, Adiz Rajabovning “Poyma-poy"i koʻz oldimizda gavdalanadi. Ammo ular orasida yana bir aktyor borki, u eslanmasa davr kartinasi toʻliq boʻlmay qoladi. Uning ismi Farruh Soipov. Afisha.uz ushbu maqolada aktyorning hayoti va ijodi haqida ma’lumot beradi.

Farruh Soipov 1984-yil 25-sentyabrda Toshkent shahrida tug‘ilgan. Aktyor bolaligidan sahnani orzu qilgan, maktab vaqtida esa xor tarkibida qo‘shiq aytgan. Ma’lumot uchun, u keyinchalik ijodiy faoliyati davomida ham qoʻshiqlar aytgan (bu haqda keyinroq).

Maktabni bitirganidan Farruh Soipov Toshkent davlat yuridik universitetiga o‘qishga kiradi. Bu aktyorlikni orzu qiladigan inson uchun toʻsiq boʻlishi mumkin edi. Biroq Soipovga bu toʻsqinlik qilmagan. Aktyor ilk rolini “Marjona” filmida ijro etgan.

Ushbu rolidan soʻng Farruh Soipov aktyorlik kurslarida o‘qiydi, biroz oʻtib esa AQShga borib, u yerda kinematografiya sohasini o‘rganadi. Unga ilk mashhurlikni olib kelgan rol ham Amerikadan Oʻzbekistonga qaytgan “kelgindi kuyov” obrazi boʻladi.

Farruh Soipov ushbu tandemda Lola bilan tandemda rol ijro etadi. Kinokartina oʻzbek kinosi muxlislarining qalbidan chuqur oʻrin oladi. Albatta, bunda ikkinchi darajali rollarni maromiga yetkazib oʻynagan Murod Rajabov, Yayra Abdullayeva, Rixsitilla Abdullayev va boshqa aktyor va aktrisalarni qayd etish lozim.

Afisha.uz avvalroq ushbu film haqida taqriz yozgandi.

Ushbu kinokartina rejissyor Rustam Sagʻdiyev tomonidan suratga olingan. Oradan bir yil oʻtib, rejissyor “Kelgindi kelin” filmini suratga oladi. Unda Farruh Soipov Dilnoza Kubayeva bilan birga rol ijro etadi. Ushbu ikki film oʻzbek kinosi tarixida iz qodirgan.

Aktyor oradan yana bir yil oʻtgach, 2007-yilda oʻsha vaqtda mashhurlik boʻyicha undan qolishmaydigan Ulugʻbek Qodirov bilan birga rol ijro etadi. Jangari-komediya janrida suratga olingan Panoh filmida ular bir-biri bilan raqobat qiladigan qoʻriqchilar obrazini gavdalantiradi.

Panoh ham yuqorida eslab oʻtilgan kinokartinalar singari haligacha sevib tomosha qilinadigan filmlar qatorida turadi. Unda hozirda kinodagi faoliyatini yakunlagan yana bir aktrisa Gulchehra Eshonqulovani ham asosiy rolda koʻrish mumkin.

Afisha.uz avvalroq ushbu film haqida ham taqriz yozgandi.

Aktyor faoliyati davomida oʻzini rejissyorlikda ham sinab koʻrishga qaror qiladi. Uning rejissyorlik kursidagi ilk ishi “Qalbim oʻgʻrisi” filmida boʻladi. 2009-yilda suratga olingan kinokartinada Farruh Soipovning oʻzi bosh rolni ijro etadi.

Keyinchalik oradan 2 yil oʻtib yana Farruh Soipov tomonidan “Nafs” nomli film ham suratga olinadi. Aktyorning soʻnggi katta roli 2015-yilda suratga olingan “Sotqin” filmida boʻladi. Soipov Andijon voqealari tasvirlangan kinokartinada Sarvar rolini oʻynaydi.

Oradan 2 yil oʻtib, 2017-yilda Farruh Soipov aktyorlik faoliyatini yakunlaydi. Keyinchalik u oʻzini tadbirkorlikda sinab koʻradi.

Farruh Soipovning boshqa filmlari

“Goʻzallik siri”

“Sugʻdiyona”

“Oshiqlar”

“Muhabbatnoma”

“Nafs”

“Sevginator”

“Ada emas, dada”

“Osiy banda”

Azimbek Xushmamatov
Muallif
Azimbek Xushmamatov
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

"Gʻijim", "Yefreytor", "Meni bu yerga chizib ketishgan": "Panoh" filmiga taqriz

Oʻzbek kinosi boy tarixga ega. Mana shu tarixning asosini tashkil etadigan eski-qadrdon filmlarni yodga olish va avvalgi oʻzbek kinematografiyasining qanchalik zoʻr boʻlganini koʻrsatish lozim.

"Straus", "Jadi kelin", "Sochi silliq": "Kelgindi kuyov" filmiga taqriz

Oʻzbek kinosi boy tarixga ega. Uni bemalol davrlarga boʻlib oʻrganish hamda barcha davrlarda sifatli suratga olingan yaxshi filmlarni topish mumkin.