"The Life of a Showgirl" albomi: Taylor Svift Sabrina Karpenter bilan duet kuylaydi

“Pop musiqasining eng yirik yulduzlaridan biri, 14 karra „Grammy“ sovrindori Taylor Svift” va yana uzundan uzoq intro bilan boshlangan “New Heights Show” podkastida Svift o‘zining 12-albomining chiqish sanasi, muqova hamda treklar roʻyxatini e’lon qildi. “The Life of a Showgirl” nomli bu albom 2025-yil 3-oktabr kuni dunyo bo‘ylab taqdim etiladi.
Albom 12 ta trekdan iborat. Sarlavha qo‘shig‘ida hozirgi pop yulduzlaridan biri — Sabrina Karpenter ishtirok etadi. Shuningdek, treklar orasida Jorj Mayklning afsonaviy “Father Figure” qo‘shig‘ining qayta ishlangan versiyasi ham bor.
Qoʻshiqlar roʻyxati:
- The Fate of Ophelia
- Elizabeth Taylor
- Opalite
- Father Figure
- Eldest Daughter
- Ruin the Friendship
- Actually Romantic
- Wi$h Li$t
- Wood
- Cancelled!
- Honey
- The Life of a Showgirl featuring Sabrina Carpenter
Taylor Svift yangi albomini e'lon qildi
Dunyo yulduzi Taylor Svift yangi erasi boshlangani munosabati bilan o‘zining navbatdagi — “The Life of a Showgirl” nomli 12-albomini oʻzining rasmiy saytida e’lon qildi. Saytda oldindan buyurtmalar berish ochildi, biroq rasmiy chiqish sanasi hali ma’lum emas.