Rang-barang sakkizoyoq va gullar: Louis Vuitton x Murakami 20 yillik hamkorlikni nishonladi

E’lon qilingan sana· 6 965
Rang-barang sakkizoyoq va gullar: Louis Vuitton x Murakami 20 yillik hamkorlikni nishonladi

Parijda boʻlib oʻtayotgan “Art Basel Paris” koʻrgazmasida Louis Vuitton va yapon rassomi Takashi Murakami o‘rtasidagi mashhur ijodiy kollaboratisyaga 20 yil to‘ldi. Yubiley sharafiga Grand Palais binosida taqdim etilgan Artycapucines VII kolleksiyasi modani san’at bilan birlashtirdi.

  • false
  • false
  • false
  • false
  • false
  • false
  • false
  • false

2003-yilda o‘sha paytdagi kreativ direktor Mark Jeykobs Murakamini Louis Vuitton bilan hamkorlikka taklif qilgan edi, bu modaning yangi bosqichiga yo‘l ochgan. Monogram Multicolore kolleksiyasi klassik brend estetikasi va pop-art kayfiyatini birlashtirgan edi. Oradan yigirma yil o‘tib, Murakami yana shu ruhda, ammo yanada kengroq o‘lchovda qaytdi.

Grand Palais’dagi Murakami olami

Ko‘rgazma maydoni tom ma’noda Murakami dunyosiga aylangan. Zal markazida balandligi 8 metrli, xitoy fonarlari uslubida yaratilgan gigant sakkizoyoq turadi. Uning rang-barang, nur sochuvchi “suzgichlari” pol boʻylab yoyilib, atrofni yoritadi. Sakkizoyoq tanasidagi “Superflat” uslubidagi ko‘zlar rassomning o‘ziga xos belgisi hisoblanadi. Shuningdek, koʻrgazmada 11 dona ushbu kolleksiyaga tegishli sumka taqdim etilgan.

Artycapucines VII kolleksiyasiga kirgan 11 sumka o‘zaro mutlaqo farq qiladi:

  • Capucines BB Golden Garden — yapon rassomi Ogata Korin chizgan xrizantemalardan ilhomlanilgan;
  • Panda Clutch — 6 mingdan ortiq kristallar bilan bezalgan, yorqin aksent ega;
  • Mini Mushroom — tabiiy charmni yuzlab mayda qo‘ziqorin shaklidagi bezaklar bilan boyitilgan;
  • Mini Eye — sakkizoyoq installyatsiyasining motivlarini takrorlab, makon va ob’ekt o‘rtasidagi vizual dialogni davom ettiradi.

Har bir model bu nafaqat sumka, balki san’at asari. Ular LV’ning mashhur Capucines shakliga zamonaviy interpretatsiya beradi, shu bilan birga Murakami’ning rang palitrasi va bolalarcha o‘yinqaroqlik va samimiylikni o‘zida aks ettiradi.

Art Basel Paris’dagi Louis Vuitton x Takashi Murakami: Artycapucines VII kolleksiyasini 26-oktabrgacha Grand Palaisda tomosha qilish mumkin.

Eslatib oʻtamiz, “Art Basel Paris” koʻrgazmasida Oʻzbekiston Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi tomonidan Toshkent Zamonaviy san’at markaz loyihasi ham taqdim etilmoqda.

Parijda Toshkent Zamonaviy san’at markazi loyihasi taqdim etildi

“Art Bazel Parij” dunyoning eng nufuzli san’at tadbirlaridan biri boʻlib, ushbu tadbir doirasida Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi 2026-yil mart oyida ochilishi rejalashtirilgan Toshkent Zamonaviy san’at markazi loyihasini taqdim etdi.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling