Yunkaa va Masha Tilla “Shunaqa gaplar” klipini chiqardi

E’lon qilingan sana· 16 147
Yunkaa va Masha Tilla “Shunaqa gaplar” klipini chiqardi

Yunkaa va Masha Tillaning “Shunaqa gaplar” nomli yangi dueti uchun ishlanagan klipni premyera qilindi. Avvalroq, bu qoʻshiqni Pepsi fest doirasida ilk bor kuylashgani haqida xabar bergan edik.

Model va bloger sifatida tanilgan Masha Tilla, asl ismi Maryamning mazkur dueti ikkinchi oʻzbek tilida kuylanga treki hisoblanadi. Bundan oldin u reper Massa bilan “Cash” nomli duet kuylagan.

Yunkaa bilan hamkorlikda yaratilgan “Shunaqa gaplar” qo‘shig‘iga ishlangan klipni rejissyor Xojiakbar Lutfullayev suratga olgan. Maryamning Instagram sahifasigadagi gaplariga koʻra, Xojiakbar bilan Buxoroda o‘tkazilgan zamonaviy san’at biyennalesida tanishgan va aynan o‘sha tadbirda birgalikda ushbu qo‘shiq mehmonlarga taqdim qilishgan.

Klip internetda yaqinda ommalashgan sun’iy intellekt yordamida muzeyda o‘z portretini yaratish trendiga o‘xshash sahna bilan boshlanadi.

Klipda reper Shokir va bir nechta insta bloggerlar ham koʻrinish berishgan.

Shuningdek, Yunkaaning oq-qora fondagi sahnasida raqsga tushayotgan balerinalar Kayne West’ning “Runaway” videoklipining introsiga ishora qiladi.

Yangi duet uchun ishlangan videoklipni youtube platformasi orqali tomosha qilish mumkin.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling