Farhod Abdullayev, "Zuhra_buvi", Nodir Nishonov: bir qator jurnalist va blogerlar mukofotlandi

E’lon qilingan sana· 417
Farhod Abdullayev, "Zuhra_buvi", Nodir Nishonov: bir qator jurnalist va blogerlar mukofotlandi

Prezident Shavkat Mirziyoyev matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari va blogerlardan bir guruhini mukofotladi. Bu haqda davlat rahbari matbuot xizmati xabar berdi.

Jumladan, “Sevimli” telekanalidagi “Eslab, eslab” koʻrsatuvi boshlovchisi Farhod Abdullayev “Mehnat shuhrati”, Instagram’dagi “@zuhra_buvi” sahifasi asoschisi bloger Zuhri Atabekova “Doʻstlik” ordeni bilan taqdirlandi.

Shuningdek, “Mehnat shuhrati” ordeni bilan:

  • Kazakbayev Tulkun Muxitdinovich — O‘zbekiston Jurnalistlar uyushmasi a’zosi, yozuvchi va publitsist;
  • Qurbonova Aziza Abdusabitovna — Ommaviy axborot vositalari uchun kontent tayyorlash markazining axborot tayyorlash bo‘limi yetakchi mutaxassisi;
  • Soliyeva Azizaxon Turg‘unovna — Buvayda tumani “Buvayda ko‘zgusi” gazetasi bosh muharriri;

“Do‘stlik” ordeni bilan:

  • Biryukov Valeriy Vasilevich — “ТАСС” axborot agentligining O‘zbekistondagi muxbiri
  • Mustakimov Rim Munirovich — “Zarafshon” va “Самаркандский вестник” gazetalari tahririyati katta musahhihi, Samarqand viloyati
  • Naxanov Jaxongir Atayarovich — “Ishonch” va “Ishonch-Доверие” gazetalari bosh muharriri o‘rinbosari
  • Suvonov Lutfulla Xayrullayevich — “Yangi O‘zbekiston” gazetasi tahririyatining ijtimoiy-siyosiy hayot va huquq bo‘limi katta muxbiri
  • Tulegenov Sharafitdin Bakirovich — O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining “O‘zbekiston 24” radiokanali xalqaro tahliliy dasturlar guruhi muallif-sharhlovchisi
  • Shirmuxamedov Dilshod Sagdullayevich — O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining “O‘zbekiston 24” ijodiy birlashmasi teleoperatori

II darajali “Sog‘lom avlod uchun” ordeni bilan:

  • Rizayev Murodjon Ziyayevich — O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining “Sport” ijodiy birlashmasi futbol translyatsiyalarini uyushtirish muharririyati sharhlovchisi

“Sog‘lom turmush” medali bilan:

  • Xayitova Laylo Sattorovna — “Xabar.uz” internet nashrining Buxoro viloyati bo‘yicha muxbiri

“Kelajak bunyodkori” medali bilan:

  • Majidov Shoxrux G‘olib o‘g‘li — “Kun.uz” internet nashri muxbiri
  • Meliqo‘ziyev Ravshanbek Isomiddin o‘g‘li — ijtimoiy tarmoqlardagi “Platina.uz” va “Pinkod.uz” sahifalari asoschisi, bloger
  • To‘lqinova Mahliyo Ozod qizi — ijtimoiy tarmoqlardagi “Sinchalak blog” sahifasi asoschisi, bloger

“Shuhrat” medali bilan:

  • Abdullayev A’lo Abzalovich — O‘zbekiston Milliy axborot agentligi fotomuxbiri
  • Avalboyev Ikrom Xolyigitovich — O‘zbekiston Milliy axborot agentligi muxbiri
  • Allayev Akbarali Odinamaxmatovich — O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining “O‘zbekiston 24” ijodiy birlashmasi muharrirlar guruhi bosh muharriri
  • Askarov Jobirxon Kozim o‘g‘li — O‘zbekiston mahallalari uyushmasi matbuot kotibi
  • Atamuratov Ilxambek Muxammetali uli — “Jaslar TV” telekanali va “Nukus FM” radiosi bosh muharriri, Qoraqalpog‘iston Respublikasi
  • A’loyeva Nigoraxon Akrom qizi — “Daryo.uz” internet nashri muharriri
  • Zakirova Nodira Nasirovna — “Bir safda” jurnali tahririyati bo‘lim muharriri Ibragimova Zebiniso Asatovna — Nurota tumani axborot-kutubxona markazi axborot-bibliografiya xizmati rahbari, Navoiy viloyati
  • Irgasheva Maxsuma Raxmatovna — “Saodat” jurnali musahhihi
  • Karimov Baxtiyor Almosboyevich — “Mening yurtim” telekanalining kino tahririyati muharriri
  • Karimova Odinaxon Bokibilloyevna — O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “Yoshlar” ijodiy birlashmasi direktorining “Navo” telekanali bo‘yicha o‘rinbosari
  • Kulmatova Dilafruz Ravshanovna — “UzReport TV” telekanali katta muharriri
  • Logvina Yuliya Sergeyevna — “Народное слово” gazetasi bo‘lim muharriri
  • Maxmudov Otabek Ulugbekovich — O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining “O‘zbekiston tarixi” telekanali ilmiy-tahliliy va intellektual ko‘rsatuvlar muharririyati teleoperatori
  • Mir-Artikov Nuriddin Maxkamovich — G‘afur G‘ulom nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyining bosma sexi chop etuvchisi
  • Mirsadikov Miravzal Mirvaxidovich — “Yoshlar ovozi” mas’uliyati cheklangan jamiyatining “HIT FM” radiosi prodyuseri
  • Nishanov Nodirbek Iskandarovich — ijtimoiy tarmoqlardagi “Qurultoy” sahifasi asoschisi, bloger
  • Paydayev Xasan Ibragimovich — Ommaviy axborot vositalari uchun kontent tayyorlash markazi yetakchi mutaxassisi
  • Salimov Timur Mirsamat o‘g‘li — “Zo‘r TV” telekanali prodyuseri
  • Yusupov Yakub Kabildjanovich — “Milliy” telekanali texnik direktorining o‘rinbosari taqdirlandi.

Avvalroq bir qator madaniyat va san’at sohasi vakillari mukofotlangani haqida ham xabar berilgandi.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling