Alisher Uzoqov va Afruza “Kurashamiz” nomli duetini e’lon qildi

Xonanda Afruza va aktyor hamda qo‘shiqchi Alisher Uzoqov “Kurashamiz” nomli duetini taqdim etdi. Tarona tez orada katta ekranlarga chiqishi kutilayotgan “Chempion” badiiy filmining rasmiy saundtreki hisoblanadi.
“Kurashamiz” kompozitsiyasi insonning o‘z orzusi va maqsadi yo‘lidagi kurashi, qiyinchiliklarga qaramay olg‘a intilishi haqida. Qo‘shiqda to‘siqlardan qo‘rqmaslik va bir kun kelib o‘z maqsadiga erishishga bo‘lgan ishonch haqida kuylanadi.

Klipga “Chempion” filmining ayrim lavhalari ham kiritilgan. Ularda futbolchi bo‘lishni orzu qilgan bolakayning hayoti hikoya qilinadi. U katta futbolga kirib borish va Toshkentdagi akademiyada o‘qishni istaydi, biroq oiladagi moddiy qiyinchiliklar uning orzusiga to‘siq bo‘ladi. Shu tariqa “Kurashamiz” qo‘shig‘i va klipi “Chempion” filmining asosiy g‘oyalari — futbol orzusi, oila mehri, qiyinchiliklarni yengib o‘tish va maqsad sari intilishni birlashtiradi.
Eslatib o‘tamiz, Afisha.uz muxbirlari “Chempion” filmining Bo‘stonliq tumanining Sijjak qishlog‘ida bo‘lgan tasvirga olish jarayonlarida qatnashib, reportaj tayyorlagan edi.
AQShda “Chempion” filmining maxsus premyerasi bo‘lib o‘tdi
AQShning Filadelfiya shahrida o‘zbek kinosining yangi loyihasi — “Chempion” badiiy filmining maxsus namoyishi bo‘lib o‘tdi. Premyera Amerika Qo‘shma Shtatlarida yashayotgan o‘zbek oilalari va yosh tomoshabinlarni bir joyga jamladi.
“Tomoshabinda g‘urur uyg‘otadi”. Alisher Uzoqovning “Chempion” filmi qanday suratga olinyapti? Reportaj
Alisher Uzoqov OAV vakillarini “Chempion” filmining syomka maydonchasiga taklif qildi. Afisha.uz muxbirlari ham Bo‘stonliq tumanining Sijjak qishlog‘ida bo‘lgan tasvirga olish jarayonlarida qatnashib, reportaj tayyorladi.