Munisa Rizayeva "Adolar etma" qo‘shig‘iga ishlangan klipni taqdim etdi

Taniqli xonanda Munisa Rizayeva “Adolar etma” nomli yangi qo‘shig‘i va unga ishlangan videoklipni taqdim etdi. Tarona zamonaviy va jo‘shqin ritmda yaratilgan bo‘lib, xonandaning emotsional ijrosida muhabbat, iztirob va alam tuyg‘ulari aks etadi.

Dramatik ruhda suratga olingan klipda to‘q ranglar, tutun va tungi manzaralar ustunlik qiladi. Bu videoga sirli va ta’sirchan kayfiyat bag‘ishlagan. Munisa Rizayeva klip davomida qora, yashil va qizil liboslar, shuningdek, charm kiyimlardan iborat bir nechta zamonaviy obrazlarda namoyon bo‘ladi.
Mototsikllar, retro avtomobillar, ommaviy raqs sahnalari esa klipning dinamikasini oshirgan. Xonanda turli transport vositalari qurshovida raqsga tushib, videoklipning shiddatli muhitini yanada kuchaytiradi.

Qo‘shiqda muhabbatdagi og‘riq, sevgan insonga bog‘lanib qolish, ayriliqdan qo‘rqish va qalb iztiroblari kabi mavzular ko‘tarilgan. “Adolar etma” nomidagi iltijo ham taronaning hissiy mazmunini ifodalaydi.
Klip premyerasidan buyon videorolik YouTube`da 1,7 million marta tomosha qilingan.

Avvalroq Munisa Rizayeva ushbu tarona uchun ijodiy videoroliklar tanlovini e’lon qilgan edi. Xonanda muxlislaridan qo‘shiqqa video tayyorlab, uni Instagram yoki TikTok sahifalariga joylash va rasmiy sahifasini belgilashni so‘ragan.
Tanlov g‘oliblari uchun birinchi o‘ringa iPhone 18, ikkinchi o‘ringa xonanda bilan restoranda kechki ovqat, uchinchi o‘ringa esa besh nafar ishtirokchining har biriga 100 dollardan pul mukofoti va’da qilingan.
Munisa Rizayeva trendga aylangan “Bevafo” qo‘shig‘ini premyera qildi
Munisa Rizayeva hali rasmiy premyera qilinmasidan oldinoq xit darajasiga yetgan va ko‘pchilik intiqlik bilan kutgan yangi “Bevafo” trekini taqdim etdi.
Munisa Rizayeva "Arzimaysan" nomli yangi duetini premyera qildi
Xonanda Munisa Rizayeva Toiraxmed (Toir Axmedjanov) bilan hamkorlikda yangi “Arzimaysan” nomli duetini taqdim etdi.