Bolalar inklyuziyasiga bag‘ishlangan konferensiya uchun arizalar qabuli boshlandi

E’lon qilingan sana· 440
Bolalar inklyuziyasiga bag‘ishlangan konferensiya uchun arizalar qabuli boshlandi

Respublika bolalar kutubxonasi va “Garaj” muzeyi inklyuziv loyihalar bo‘yicha ochiq tanlovini e’lon qiladi hamda bolalar va o‘smirlar bilan ishlashda inklyuziv amaliyot mavzusiga bag‘ishlangan anjumanda ishtirok etish uchun arizalar qabul qilishni boshlaydi. Arizalar 2024-yilning 3-martiga qadar (shu kuni ham) qabul qilinadi.

“His-tuyg‘ular muzeyi 0+” xalqaro har yillik anjumani “Garaj” zamonaviy sanʼat muzeyining inklyuziv dasturlar jamoasi tashabbusi bilan 8 yil avval professional hamjamiyat doirasida tajriba almashish va inklyuziv loyihalarni ishlab chiqishning turli ssenariylarini muhokama qilish maqsadida tashkil etilgan.

Bu yil u 19−21-aprel kunlari bo‘lib o‘tadi va tamomila bolalik hamda bolalar va o‘smirlar bilan ishlashda inklyuziv amaliyotlar mavzusiga qaratiladi. Hamkor va o‘tkazish joyi sifatida rekonstruksiyadan so‘ng foydalanishga topshirilgan O‘zbekiston Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi loyihasi — Toshkentdagi Respublika bolalar kutubxonasi tanlandi.

Bu yilgi anjumanning muhim maqsadlaridan biri tashabbuslari Markaziy Osiyo mintaqasi bilan chambarchas bog‘liq bo‘lgan yetakchi mutaxassislar o‘rtasida faol hamkorlik qilish uchun maydonni yaratishdan iborat. Xalqaro tajriba almashish lozim, chunki mutaxassislar hamfikrlarning qo‘llab-quvvatlashiga muhtoj bo‘lib turgan bir vaqtda, ko‘plab tashabbuslar yakka holda yashab kelmoqda. Inklyuziya deganda anjuman jamoasi jamiyatdagi xilma-xillikni qo‘llab-quvvatlash, jismoniy va axborot qulayliklarini ta’minlash, muhitning o‘zini o‘zgartirish bilan bog‘liq amaliyotlar to‘plamini, shuningdek, barcha tur va shakldagi istisno va kamsitishlarni yengib o‘tish bo‘yicha tashabbuslarini tushunadi.

“His-tuyg‘ular muzeyi 0+” anjumanida ishtirok etishga turli tajribaga ega bolalar va oʻsmirlar uchun loyihalarni amalqa oshirish, uslub yoki ishlab chiqilgan uslub asosida tadbirlarni oʻtkazishni muhokamaga taqdim etishga tayyor muzey xodimlari, oʻqituvchi, uslubchi, rassomlar hamda taʼlim amaliyoti va inklyuziyaga qiziqqan boshqa mutaxassislar taklif etiladi. Tashkilotchilar, shuningdek, nogironlikni anglashning ijtimoiy andozasiga ham tayanadilar, ammo anjumanda inklyuziyaning boshqa konsepsiyalari va nogironlikni anglashning boshqa modellariga tayanuvchi ishtirokchilar ham ishtirok etishlari mumkin, deb hisoblaydi.

Ochiq tanlov 2024-yil 3-martga qadar davom etadi. Yetakchi mutaxassislar kengashi tomonidan saralab olingan loyihalar anjumanda ishtirok etish uchun taklif etiladi. Natijalar 2024-yil 25-mart kuni eʼlon qilinadi. Har bir loyiha uchun anjuman mutasaddilari eng mos taqdimot shaklini (ma'ruza, muhokama, amaliy mashg‘ulot, mahorat darslari, guruhlarda ishlash va boshqalar) tanlaydilar. Tashkilotchilar anjumanda ishtirok etish bilan bogʻliq chiptalar va mehmonxonada joylashish sarf-xarajatlarini ham qoplaydi.

Arizalarni saralash bosqichlari

  • Arizalarni qabul qilish: 2024-yil 3-martgacha (shu kuni ham)
  • Murojaatlarni yetakchi mutaxassislar kengashi tomonidan ko‘rib chiqish: 2024-yil 4−22-mart
  • Natijalarni e’lon qilish: 2024-yil 25-mart

Hujjatlar openmuseum@garagemca.org va info@acdflibrary.uz elektron manzillarida “Experiencing the Museum 2024” xat mavzusi bilan qabul qilinadi.

Arizalarga talablar

Dasturda ishtirok etish uchun ariza o‘zbek, ingliz yoki rus tillarida erkin shaklda loyiha tavsifini oʻz ichiga olishi zarur. Shuningdek, arizalar rus imo-ishora tilida (RIT) video tasma shaklida, xalqaro imo-ishoralardan (IS) foydalangan holda olingan video tasmalar, shu jumladan, loyiha sahifasiga havolalar, video materiallar, ommaviy axborot vositalaridagi nashrlar va boshqa shakllarda qabul qilinadi.

Arizani yozishda quyidagi savollarga javob berish zarur:

  1. Loyihangizning umumiy muhokamasi anjuman doirasida qanday amaliy manfaat keltiradi?
  2. Loyihada tajriba egalari qay tarzda taqdim etilgan: maqsadli auditoriya, yetakchi mutaxassislar kengashi, ishchi guruhning bir qismi va boshqalar?
  3. Taqdimot davomida tarqatma materiallardan foydalanishni rejalashtiryapsizmi? Agar, ha boʻlsa, qanday?
  4. Tinglovchilarni chiqishingizga faol tarzda jalb etishni rejalashtiryapsizmi? Agar, ha boʻlsa, qanday qilib?

Anjuman davomida qoʻshimcha yordam yoki hamrohlikka zarurati boʻlgan ishtirokchilar ham bu haqda oʻz arizalarida ma’lum qilishlari lozim.

Anjumanning barcha tadbirlari ham ishtirokchilar, ham tinglovchilar uchun roʻyxatdan avvaldan oʻtish orqali bepuldir. Bundan tashqari bevosita yoyin imkoniyati mavjud boʻladi. Anjumanning toʻliq jadvali 2024-yil mart oyida eʼlon qilinadi.

Afisha.uz saytidagi ma‘lumotlarni ko‘paytirish, nusxalash, tarqatish va boshqa maqsadlarda foydalanish faqat tahririyatning yozma ruxsati bilan mumkin. Foydalanuvchi kelishuvi
Elektron OAV guvohnomasi №0400. Berilgan sanasi 13-avgust 2019-yil
Muassis: «Afisha Media» MChJ
Bosh muharrir: Sapayeva Galina Vyacheslavovna
Manzil: 100007, Toshkent, Parkent ko‘chasi, 26А / Pochta: info@afisha.uz
© 2005-2024 Afisha.uz
«Afisha Media» MChJ