Milliy kino san’ati saroyida yangi milliy animatsion filmlar premyerasi

O‘zbekiston Milliy kino san’ati saroyida Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni munosabati bilan yangi milliy animatsion filmlar premyerasi bo‘lib o‘tadi.
Premyera doirasida “Zumrad va Qimmat”, “Saxovat” hamda “Burch izidan” animatsion filmlari namoyish etiladi. “Zumrad va Qimmat” filmida sevimli ertak qahramonlari zamonaviy talqinda gavdalantirilgan bo‘lsa, “Saxovat” animatsion filmi Alisher Navoiyning “Hayrat ul-abror” asari asosida yaratilgan. “Burch izidan” kartinasi esa tabiat, mehr-muhabbat, jasorat va fidoyilik kabi ezgu qadriyatlar hikoya qilingan.
Filmlar qahramonlariga aktyorlar Barno Qodirova, Iroda Ahmedova, Asadullo Nabiyev, Navro‘z Jumayev, Ixtiyor Otajonov, Asadulla Abdullayev, Baxtiyor Yusupov hamda Erkin Bozorov ovoz bergan.
Kirish bepul.
