2023-yil iyun oyida uyda qanday filmlar ko'rish mumkin?

E’lon qilingan sana· 507
2023-yil iyun oyida uyda qanday filmlar ko'rish mumkin?

Kris Xemsvort ishtirokidagi intiqlik bilan kutilgan Tayler Reyk haqidagi filmning davomidan tortib, “Billi Milliganning sirli tarixi”ning Tom Holland ishtirokidagi adaptatsiyasigacha.

Filmlar asosan kinoteatrlarda porlayotgan bo’lsa, striming xizmatlari o’zlarining seriallari bilan hujumga o’tishga qaror qilishdi. Bu oy qiziqarli loyihalarga juda boy.

Filmlar

Тайлер Рейк: Операция по спасению 2

Extraction 2

Janr: jangari, kriminal.

Premyera sanasi: 16-iyunda Netflix`da.

Professional kaskadyor va yaqinda rejissyorlik qila boshlagan Sem Xargreyv Gollivudga ikkinchi marta haqiqiy jangovar filmlarni qanday suratga olishni ko’rsatib qo’ymoqda. Bu bayonotni tasdiqlab qo’yish uchun bitta fakt: “Tayler Reyk 2” filmida 21 daqiqa davom etadigan bitta kadrning o’zidagiy suratga olingan sahna ko’rinishi bo’ladi! Kris Xemsvort esa jangovar filmlar to’plamida o’z faoliyatidagi eng qiyin amallarni bajarganini tan oldi.

Sinopsis: Avstraliyalik yollanma askar Tayler Reyk nufuzli gruzin gangsterining oilasini qamoqdan qutqarishi kerak. Keyinchalik, qahramon qutqaruv operatsiyasi kutilganidan ham xavfliroq ekanligini tushunib yetadi.


Нимона

Nimona

Janr: multfilm, fantastika, fentezi, jangari, triller, drama, sarguzasht, oilaviy.

Premyera sanasi: 30-iyunda Netflix`da.

Multfilm xuddi shu nomdagi komiksga asoslangan bo’lib, uni 2015-yildan beri suratga olishga harakat qilishgan.

Sinopsis: Nimona — ko’rinishini o’zgartirish qobiliyatiga ega o’smir bo’lib, u ritsarning asosiy nishoniga aylanadi. Ritsarning Nimonani o’ldirish vazifasi uning jinoyatda ayblanishidan keyin ancha qiyinlashadi, lekin u Nimonaning unga jazodan qochishga yordam berishi mumkinligini bilib qoladi.


Seriallar

В те дни (mini-serial)

The Days

Janr: drama, triller.

Premyera sanasi: 1-iyunda Netflix`da.

Yaponiyaliklarning ushbu seriali Toxokudagi zilzila va sunami natijasida yuzaga kelgan “Fukusima-daiti” atom elektr stansiyasidagi inqiroz bilan bog’liq uch xil nazariyani taqdim etadi.

Sinopsis: kimdir ularni ayblaydi, boshqalar esa ularni qahramon deb biladi. “Fukusima-daiti"dagi odamlar ko’rinmas va halokatli tahdid — misli ko’rilmagan yadroviy xolokostga duch keladi.


Кумир

The Idol

Janr: drama.

Premyera sanasi: 4-iyunda Max`da.

Lili-Rouz Depp va qo’shiqchi The Weeknd ishtirokidagi “Idol” nomli film tanqidchilar tomonidan bema’ni bachkanalik tufayli yilning eng yomon seriallaridan biri deb nomlandi. Va oddiy tomoshabinlar Deppning qizini uning qizi emas deb e’lon qilishga harakat qilishmoqda, chunki… yaxshisi, o’zingiz ko’ring. Va bu yerda odamlar “Eyforiya”, “Deep Waters” va “X” kabi seriallar prodyuseri, ssenariy muallifi va rejissyorining yangi loyihasini ongli ravishda tomosha qilishganlarida nimaga umid qilishganligi aniq emas. Biroq, “Idol” serialini bunday yomon sharhlar tufayli yanada ko’proq inson tomosha qilishni xohlaydi. Yomon reklama degan tushuncha mavjud emas.

Sinopsis: asablar inqirozi va onasi vafotidan bir yil o’tgach, Jozi o’ziga ishonishi, ishga qaytishi va o’ziga kiritilgan sarmoyani oqlashi kerak. Ammo uning hayotiga prodyuser va Tedros nomli ma’lum bir diniy uyushmaning yetakchisi kirib keladi.


Основано на реальных событиях

Based on a True Story

Janr: komediya.

Premyera sanasi: 8-iyunda Peacock`da.

“Katta portlash nazariyasi” ning asosiy qahramonlari juda shubhali loyihalarda yoki butunlay uchinchi darajali rollarga qorishib ketishdi. Biroq, bu Keylu Kuokoga taalluqli emas, u so’nggi paytlarda o’rtacha bo’lsa-da, ammo sezilarli loyihalarda bosh rollarni o’ynamoqda. Va uning xuddi shu nomdagi serialda Xarli Kvinnga ovoz bergani ajoyib chiqqan! Va endi, Keyli bosh rolga qaytdi, bu safar “The Boys” ssenaristining qora komediyasida.


Арнольд (mini-serial)

Arnold

Janr: hujjatli, biografiya.

Premyera sanasi: 7-iyunda Netflix`da.

Xo’sh, bu yerda hammasi oddiy. Bu hech qanday tanishtiruvlarga muhtoj bo’lmagan odamning hayoti haqida hikoya qiluvchi bayopikdir.


Переполненная комната (mini-serial)

The Crowded Room

Janr: biografiya, kriminal.

Premyera sanasi: 9-iyunda Apple TV+da.

“Billi Milliganning sirli tarixi"ni o’qiganmisiz? Demak, Deniel Kizning hujjatli romani asosida ushbu mini-serial ssenariysi uchun asos bo’ldi. Va aslida, bu mini-serial emas, balki o’ziga xos almanax bo’lib, uning har bir mavsumi g’ayrioddiy ruhiy kasalliklarga chalingan boshqa odamlarga bag’ishlanadi. Birinchi mavsumda Tom Holland va Amanda Sayfrid rol o’ynagan.

Sinopsis: 1979-yilning yozi, Manxetten. Denni Sallivan qotillikda ayblanib hibsda saqlanmoqda. Tergovchi Ria bu yigitni ushbu kunga qanday voqealar zanjiri yetaklaganini tushunish uchun u bilan ko’p soatli suhbatlar o’tkazadi.


Мужской стриптиз (mini-serial)

The Full Monty

Janr: drama, komediya.

Premyera sanasi: 14-iyunda Disney+da.

Disney+ da “Мужской стриптиз”. Bunga nima deysan, Ilon Mask? Ha, bu xuddi shu nomdagi filmning davomi bo’lib, unda sobiq zavod ishchilari striptizchi bo’lishga qaror qilishadi.

Sinopsis: 25 yil o’tgach, keksa do’stlar kichik ingliz shaharchasida yashashda va oilaviy muammolarni hal qilishda davom etishadi, lekin bir kun ular sahnaga chiqish uchun yana birlashishadi.


Ходячие мертвецы: Мёртвый город

The Walking Dead: Dead City

Janr: horror, triller, sarguzasht.

Premyera sanasi: 18-iyunda AMC`da.

AMC`ning “The Walking Dead” franshizasi nafaqat tirik ekanligi, balki kengayib borayotgani juda hayratlanarli. Bir nechta muvaffaqiyatsiz spin-off va bir nechta o’yinlardan so’ng, franshiza egalari to’g’ri bo’lib ko’rinadigan harakatni amalga oshirishga qaror qilishdi. Ular o’zlarining sevimli qahramonlarining hikoyalarini alohida loyihalarda davom ettirishni maqsad qilishdi. Meggi va Niganning birgalikda sarguzashtlaridan tashqari, yaqin kelajakda bizda Deril va uning Parijdagi sarguzashtlariga bag’ishlangan serial bo’ladi.


Секретное вторжение

Secret Invasion

Janr: fantastika, jangari, drama, sarguzasht.

Premyera sanasi: 21-iyunda Disney+da.

Xuddi shu nomdagi komikslar seriyasi ajoyib edi, ammo seriya ishonchni ilhomlantirmaydi. Chunki komikslarda X-odamlar, Fantastik to’rtlik va Qasoskorlarning asosiy tarkibi ishtirok etgan edi. Va komikslarning aksariyat qahramonlari hali MCU`da chiqmagan.

Sinopsis: Nik Fyuri skrullar guruhini Yerdagi inson hayotining turli sohalariga suqilib kirish uchun fitnasi haqida bilib oladi. U Everett K. Ross, Mariya Xill va Talos bilan birgalikda u ularni to’xtatib, insoniyatni qutqarmoqchi.


Я — дева

I’m a Virgo

Janr: fentezi, drama, komediya.

Premyera sanasi: 23-iyunda Amazon Prime`da.

Juda g’alati, ammo qiziqarli loyiha. Serial 2018-yilda suratga olingan “Простите за беспокойство” filmi bilan tanilgan Buts Rayli tomonidan yaratilgan.

Sinopsis: uch metrli yigitning ota-onasi o’g’li boshqalar tomonidan qabul qilinmasligidan qo’rqib, uni uydan tashqariga chiqarishmaydi. Bir kuni “dev” dunyoni ko’rish va o’smirlik hayotidan zavqlanish uchun tashqariga chiqadi.


Захваченный рейс

Hijack

Janr: triller, drama.

Premyera sanasi: 28-iyunda Apple TV+da.

Bu Idris Elba paydo bo’lgan ikkinchi yirik va e’tiborga molik loyiha. Birinchisi qaysi? Deylik, birinchisi ushbu to’plamdagi filmlar orasidan joy olgan.

Sinopsis: Dubaydan Londonga 7 soat uchadigan KA29 reysi noma’lum shaxslar tomonidan egallab olingan. Sem Nelson, tajribali korporativ muzokarachi, bortdagi barchani qutqarish uchun o’zining professional mahoratini ishga solishga qaror qiladi.


Tilga olinishga loyiq boshqa loyihalar:

“В Филадельфии всегда солнечно”: 16-mavsum, 7-iyundan FXX`da;

“Чёрное зеркало”: 6-mavsum, 15-iyundan Netflix`da;

“И просто так”: 2-mavsum, 22-iyundan Max`da;

“Медведь”: 2-mavsum, 22-iyundan FX`da;

“Ведьмак”: 3-mavsum, 29-iyundan Netflix`da;

“Джек Райан”: 4-mavsum (final), 30-iyundan Amazon Prime`da.

Roman Knishev
Muallif
Roman Knishev
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
2023-yil iyun oyida uyda qanday filmlar ko'rish mumkin? — Toshkent Afishasi