Rejissyor Kristofer Nolan ritsarlik unvonini oldi

E’lon qilingan sana· 414
Rejissyor Kristofer Nolan ritsarlik unvonini oldi

Anglo-amerikalik rejissyor Kristofer Nolan Buyuk Britaniyada ritsar unvoniga sazovor boʻldi va endi uning ismi oldiga Ser maqomi qoʻshiladi.

“Oppenhaymer” filmi uchun Oskar mukofotini qoʻlga kiritgan rejissyor uchun mukofotni shaxsan Qirol Charlz III tasdiqladi. Bundan tashqari Nolanning xotini va uning filmlari prodyuseri Emma Tomas Xonim unvoniga loyiq koʻrildi.

Ma’lumot uchun, Kristofer Nolan 96-Oskar taqdirlash marosimida oʻzining fizik olim Robert Oppenhaymer haqidagi biografik filmi uchun birinchi marta Oskar mukofotini qoʻlga kiritgandi.

Afisha.uz saytidagi ma‘lumotlarni ko‘paytirish, nusxalash, tarqatish va boshqa maqsadlarda foydalanish faqat tahririyatning yozma ruxsati bilan mumkin. Foydalanuvchi kelishuvi
Elektron OAV guvohnomasi №0400. Berilgan sanasi 13-avgust 2019-yil
Muassis: «Afisha Media» MChJ
Bosh muharrir: Sapayeva Galina Vyacheslavovna
Manzil: 100007, Toshkent, Parkent ko‘chasi, 26А / Pochta: info@afisha.uz
© 2005-2024 Afisha.uz
«Afisha Media» MChJ