Anons
Retro film klubida “Erkak va ayol — 20 yildan keyin” filmi namoyishi
E’lon qilingan sana: · 198

Milliy kino san’ati saroyida Retro film klubi tomonidan fransiyalik ijodkorlar tomonidan ishlangan “Erkak va ayol — 20 yildan keyin” filmi namoyish etiladi.
O‘zbek va jahon kinosi tarixiga qiziqadigan tomoshabinlar uchun Retro film klubi klassik kinokartinalarni tomosha qilish, kinoijodkorlar bilan uchrashuvlar o‘tkazish, ko‘rilgan filmlarni muhokama qilish imkoniyatini yaratmoqda.
Klub yetakchilari Mastura va Sardor Isxoqovlar kino ixlosmandlarini o‘z atrofida jamlamoqda. Film rus tilida namoyish etiladi.
Kirish bepul.
Murojaat uchun telefon raqami: (+998) 88−007−3500.