Oʻzbekiston kinoteatrlaridagi premyeralar (29-may)

Oʻzbekiston kinoteatrlarida “Каратэ-пацан: Легенды” jangari filmi, “Быстрее ветра” sport dramasi, “Последнее завтра” trilleri va boshqa premyeralar namoyishi boshlandi.
“Каратэ-пацан: Легенды”
Kung-fu musobaqasida g‘olib chiqqan amerikalik bola va unga bu qiyin ishda yordam bergan keksa usta haqidagi hikoyaning davomi.
“Последнее завтра”
Uyqusizlikdan aziyat chekayotgan musiqachi konsertda sirli notanish ayolni uchratadi. Bu uni voqelik va tungi dahshat o‘rtasidagi chegarani yo‘q qiladigan xavf girdobiga g‘arq qiladi.
“Игры возмездия”
Bokushi mustahkam qal’a quradi, unda butun bir qurol-yarog‘ va o‘ziga sodiq jangchilarni to‘playdi. Hukumat tashkilotga kirib, uning rejalarini bilishga harakat qilmoqda. Bir necha muvaffaqiyatsiz urinishlardan so‘ng, hokimiyat bir vaqtlar Bokushining shogirdi bo‘lgan sobiq maxsus kuchlar askari Nesh Kavanoni yollaydi. Nihoyat, Nesh undan hamma narsasini, shu jumladan, butun hayotini sevganini tortib olgan odamdan qasos olish imkoniyatiga ega bo‘ladi.
“Быстрее ветра”
Maks istiqbolli poygachi edi, lekin sport bilan shug‘ullanmaslikka qaror qildi va o‘ziga osonroq ish topdi. Taqdir bu qizni dunyoning eng yaxshi sportchilarini tayyorlaydigan akademiyaga joylashishiga yordam beradigan iste’fodagi poygachi bilan uchrashtiradi. Maktabda Maks Uill bilan tanishadi va ular o‘rtasida bir zumda uchqun paydo bo‘ladi. “Formula-1” chempioni unvoni hech qachon bunchalik yaqin bo‘lmagan, ammo to‘satdan chempionlik yo‘lida yana bir kutilmagan raqib — Uill paydo bo‘ladi. Endi Maks oʻzi uchun sevgi yoki g‘alaba muhimroq ekanini hal qilishi kerak.
“Крутой поворот”
Josh tinch oilaviy hayot umidida xotini va o‘g‘li bilan yangi uyga ko‘chib o‘tadi. Hammasi a’lo ko‘rinardi. Ammo ularning uyi xavfli burilishda joylashgan va Josh hamda uning oilasi ko‘z o‘ngida avtohalokat sodir bo‘ladi. Hademay yana biri sodir bo‘ladi, yana, yana va yana… Josh o‘z uyi oldidagi keskin burilishda odamlarning hayotini saqlab qolishga urinadi.
“Финикийская схема”
Film Yevropaning eng boy odamlaridan biri, qurol-yarog‘ va aviatsiya biznesi bilan tanilgan Jaja Kord haqida hikoya qiladi. U samolyot halokatida g‘oyib bo‘lganidan so‘ng, Kordning olti yil davomida aloqada bo‘lmagan qizi yosh rohiba Lizl yagona merosxo‘rga aylanadi. Syujet ularning murakkab munosabatlari va “Finikiya sxemasi” deb nomlangan sirli loyiha atrofida rivojlanadi.