"Garri Potter" serialining suratga olish ishlari boshlandi

Buyuk Britaniyadagi Warner Bros. studiyasida “Garri Potter” serialining suratga olish ishlari boshlandi. Bu haqda Variety xabar berdi.
Birinchi mavsum premyerasi 2027-yilda HBO va HBO Max platformalarida bo‘lib o‘tadi. Asosiy rollarni ijro etadigan aktyorlar ma’lum boʻldi. Unga koʻra, Nevill Longbottomni Rori Uilmot, Dadli Darslini Amos Kitson, madam Rolanda Tryukni Luiza Brilli, Garri Ollivanderni Anton Lesser ijro etadi.
HBO suratga olish maydonchasidan olingan birinchi kadrni taqdim etdi. Unda Garri Potter qiyofasidagi Dominik Makloklin jilmayib turganini koʻrish mumkin. U “Xogvars"ning maktab formasini kiyib olgan.
Joan Rouling tomonidan yozilgan yetti kitobning har biri bir mavsum uchun asos bo‘ladi. Variety ma’lumotlariga ko‘ra, birinchi mavsumni suratga olish ishlari 2026-yil bahorigacha davom etadi. Qisqa tanaffusdan so‘ng ikkinchi mavsumning suratga olish ishlari boshlanadi.
Serialda Drako Malfoy rolini Loks Pratt, uning otasi Lyutsius Malfoy rolini Jonni Fillin ijro etadi. Shuningdek, Ketrin Parkinson (Molli Uizli), Bell Pauli (Petunya Darsli), Deniel Rigbi (Vernon Darsli), Leo Erli (Simus Finnigan), Alessiya Leoni (Parvati Patil), Sienna Musa (Lavanda Brauni), Berti Karvel (Kornelius Faj) kabi aktyor va aktrisalar ham serialda suratga tushadi.
Foto: "Garri Potter" serialida Drako Malfoy qanday koʻrinishda boʻladi?
HBO kompaniyasi tomonidan suratga olinadigan "Garri Potter" serialida rol ijro etadigan bir qator aktyor va aktrisalar e'lon qilindi.
HBO "Garri Potter" serialida asosiy qahramonlarni kim oʻynashini e'lon qildi
Ular 2024-yil sentyabr oyida boshlangan keng ko‘lamli kastingda 30 mingdan ortiq nomzodlar orasidan tanlab olingan yosh aktyorlar hisoblanadi.