"Shrek 5" multfilmi premyerasi kechiktirildi

E’lon qilingan sana· 92
"Shrek 5" multfilmi premyerasi kechiktirildi

Deadline ma’lumotiga koʻra, Universal Pictures kompaniyasi “Shrek 5” multfilmining chiqish sanasini 2026-yil 23-dekabrdan 2027-yil 30-iyunga koʻchirdi.

Studiyaning izoh berishicha, yoz fasli har doim yashil maxluq va uning do‘stlari uchun “o‘ziga xos” mavsum bo‘lib kelganini, shuningdek, aynan yozgi premyeralar davri filmga o‘z salohiyatini to‘liq namoyon etish imkonini beradi. Oldingi qism — 2010-yil chiqarilgan “Shrek 4” filmidan keyin yangi film ekranda 17 yil o‘tib namoyish etiladi. “Shrek” multfilmining to‘rtta qismi global jonli sahnalashtirilgan tomoshadan tashqari, butunjahon kinoteatrlarida 2,9 milliard AQSH dollari daromad keltirgan.

“Shrek” multfilmi to‘rt qismi jami 2,9 milliard dollar daromad keltirgan. 2001-yilda chiqqan birinchi film esa “Eng yaxshi animatsion film” nominatsiyasida “Oskar” mukofotini qo‘lga kiritgan.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

"Shrek" multfilmidagi Eshak personaji haqida spin-off ishlanadi

"Shrek 5" multfilmi dublyajida ishtirok  etayotgan aktyorlar sentyabr oyida Eshak personaji haqidagi spin-off ustida ishlashni boshlaydi. Bu haqda aktyor Eddi Myorfi ma’lum qildi, deb yozmoqda Screen Rant.

“Shrek 5” multfilmining tizeri va birinchi promokadrlari e'lon qilindi

Tizerda rossiyalik dizayner tomonidan yaratilgan Shrek in the Sky virusli TikTok filtridan foydalanilgan.