"Zootopia 2" multfilmining yangi treyler e'lon qilindi

E’lon qilingan sana· 112
"Zootopia 2" multfilmining yangi treyler e'lon qilindi

Filmni ilgari birinchi qism va "Encanto" ustida ishlagan Jared Bush va Bayron Xovard suratga olishmoqda.

Walt Disney Animation Studios “Zootopia 2” uchun yangi treylerni taqdim qildi.

Film yana quyon politsiyachi Judi Xops va uning tulki sherigi Nik Uayldning sarguzashtlariga e’tibor qaratadi. Ular hayvonlar megapolisida yangi jinoyatchiga duch kelishadi. Syujet markazida yangi raqib — sudralib yuruvchi Geri De’Sneykning paydo bo‘lishi bilan bog‘liq tergov turadi. Uning harakatlari Zveropolisda tartibsizlik keltirib chiqaradi va jamoatchilikda ishonchsizlik to‘lqinini uyg‘otadi.

Bosh qahramonlarga yana Jinnifer Gudvin va Jeyson Beytman ovoz berishdi. Gari obraziga “Oskar” sovrindori Key Xyu Kuan ovoz bergan. Filmni ilgari birinchi qism va “Encanto” ustida ishlagan Jared Bush va Bayron Xovard suratga olishmoqda. Ijodkorlar shahar xaritasini kengaytirishni va’da qilishmoqda: tomoshabinlar yangi hududlarni ko‘rishadi, shuningdek, birinchi filmdagi kabi yangi ijtimoiy mavzular bilan tanishadilar. Musiqiy qismga yana xonanda Shakira. U “Zoo” deb nomlangan qo‘shiqni yaratgan bo‘lib, u reklama kampaniyasining bir qismiga aylanadi va film premyerasidan oldin chiqariladi.

Birinchi “Zootopia” 2016-yilda chiqarilgan bo‘lib, butun dunyo bo‘ylab 1 milliard dollardan ortiq daromad keltirgan, eng yaxshi animatsion film uchun Oskarni qo‘lga kiritdi va Disneyning so‘nggi yillardagi eng mashhur loyihalaridan biriga aylandi.

Multfilm 26-noyabrdan boshlab chet el kinoteatrlarida namoyish etiladi.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling