Toshkent va Termizda oʻninchi Yevropa Kinofestivali boʻlib oʻtadi

E’lon qilingan sana· 28
Toshkent va Termizda oʻninchi Yevropa Kinofestivali boʻlib oʻtadi

Toshkent shahrida 7−9 noyabr kunlari oʻninchi Yevropa Kinofestivali bo‘lib o‘tadi. Bu haqda Madaniyat vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, ushbu festival kino tili orqali turli mamlakatlar madaniyatlarini yaqinlashtirib, insonlar o‘rtasidagi do‘stlik aloqalarini mustahkamlash uchun xizmat qiladi.

Shuningdek, 12-noyabr kuni festival Termiz shahriga yo‘l oladi. Dasturdagi har bir film — hayot, qadriyatlar va insoniylik haqida chuqur suhbat boshlashga chaqiruvchi san’at asari hisoblanadi.

Filmlarni tomosha qilish uchun kirish bepul. Kinokartinalar original tilida va oʻzbekcha subtitrlar bilan namoyish etiladi. Festivalda quyidagi filmlarni tomosha qilish mumkin:

Ma’lumot uchun, 2024-yilda IX Yevropa filmlari festivali ham Oʻzbekistonda oʻtkazilgandi. Unda Ukraina, Avstriya, Shvetsiya, Germaniya, Sloveniya, Bolgariya, Latviya, Iroq, Finlyandiya, Estoniya, Islandiya, Lyuksemburg, Belgiya, Polsha va Italiya filmlari ishtirok etgandi.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling