Oʻzbekistonlik birinchi harbiy uchuvchi haqidagi film xalqaro mukofotga loyiq koʻrildi

Birinchi o‘zbek uchuvchisi Abdusamat Taymetov hayoti va Toshkent “TAPOiCh” zavodida Li-2 samolyotining yaratilishi tarixiga bag‘ishlangan “Taymetov. G‘alaba parvozi” hujjatli filmi Rossiyada Ikkinchi jahon urushi haqidagi eng yaxshi film deb topildi.
Hujjatli film urush qahramoni, birinchi o‘zbek uchuvchisi Abdusamat Taymetovning hayot yo‘li va tarixiy jasorati haqida hikoya qiladi.
Ta’kidlanishicha, u Berlindan Moskvaga Reyxstag ustiga o‘rnatilgan Qizil bayroqni, Germaniyaning so‘zsiz taslim bo‘lishi to‘g‘risidagi aktni hamda keyinchalik Kreml devorlari yonida yoqib yuborilgan Uchinchi Reyx bayroqlarini samolyotda yetkazib bergan.
Filmning ilk namoyishi 12-may kuni Toshkentda yopiq formatda bo‘lib o‘tgan edi. Unda Afisha.uz muxbiri ham qatnashib, film haqida fikrlarini bildirgandi. Shundan soʻng hujjatli film qator xalqaro festival va forumlarda taqdim etilib, bir necha muhim mukofotlarga sazovor bo‘ldi.
Qayd etilishicha, tez orada hujjatli film mahalliy va xalqaro striming platformalarida ham namoyish etilishi rejalashtirilgan.
Oʻzbekistonlik birinchi harbiy uchuvchi hayoti haqida hujjatli film ishlandi
12-may kuni “Riviera” kinoteatrida birinchi o‘zbek uchuvchisi Abdusamat Taymetov haqidagi hujjatli filmning yopiq namoyishi bo‘lib o‘tdi. Unda Afisha.uz muharriri ham ishtirok etdi va quyida premyera haqida oʻz fikrlarini bildiradi.