Sarvar Karimovning yangi "Farz" nomli filmining premyerasi boʻlib oʻtadi

E’lon qilingan sana· 369
Sarvar Karimovning yangi "Farz" nomli filmining premyerasi boʻlib oʻtadi

Milliy kino san’ati saroyida 12-dekabr kuni rejissyor Sarvar Karimov tomonidan suratga olingan “Farz” nomli yangi badiiy filmning katta premyerasi boʻlib oʻtadi. Bu haqda kinosaroy matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, kinokartinada nohaq ayblangan inson qismati haqida hikoya qilinadi.

Filmda ssenariy mualliflari Ochilbek Hamidov, Sarvar Karimov hisoblanadi. Bosh rollarni esa Matyoqub Matchanov, Tohir Saidov, Sayyora Yunusovalar ijro etgan.

Kinosaroyning ma’lum qilishicha, premyeraga kirish bepul, joylar soni chegaralangan.

Avvalroq Sarvar Karimovning “Sevgi sharbati” filmining ham premyerasi boʻlib oʻtgandi. Shuningdek, Afisha.uz'da bu film boʻyicha taqriz ham e’lon qilingandi.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling