"Зверополис 2" multfilmi O‘zbekistonda kassa rekordini o‘rnatdi

E’lon qilingan sana· 635
"Зверополис 2" multfilmi O‘zbekistonda kassa rekordini o‘rnatdi

Oxirgi dam olish kunlarida yangi “Avatar"ga yetakchilikni topshirganiga qaramay, “Зверополис 2” yuqori kassa natijalarini ko‘rsatishda davom etmoqda. Animatsion film o‘tib borayotgan 2025-yilda o‘zbek kinoprokatining yetakchilaridan biri bo‘lib qolmoqda.

“Зверополис 2” nafaqat dunyodagi, balki O‘zbekistondagi boshqa multfilmlar orasida ham kassa yig‘imi bo‘yicha rekord o‘rnatdi va 4 haftalik prokatda 10 milliard so‘mlik chegarani bosib o‘tdi, ya’ni 43 992 tomoshabindan 10 600 407 350 so‘m (880 000 AQS dollari) daromad oldi.

Masalan, oʻtgan shanba kuni multfilmni koʻrishga 1693 tomoshabin keldi va kassa yigʻimi 93 254 500 soʻmni (7700 AQSh dollari) tashkil etdi.

Multfilm Oʻzbekiston boʻylab 13 ta kinoteatrda, jumladan, Toshkentda sakkizta, Andijon, Samarqand, Buxoro, Urganch va Jizzaxda bittadan kinoteatrda namoyish etildi. 13 ta kinoteatrdan 12 tasi kassa yigʻimlari haqida hisobot bergan.

Toʻrtinchi haftada kassa tushumlari uchinchi haftaga nisbatan 47% ga kamaydi. Biroq animatsion filmning 6+ reytingini hisobga olgan holda, kassa tushumlari maktabdagi qishki taʼtil davrida, 2025-yil 27-dekabrdan 2026-yil 10-yanvargacha, 52% ga oshishi taxmin qilinmoqda. Tasdiqlangan namoyish jadvaliga koʻra, multfilmning Oʻzbekistondagi soʻnggi namoyishi 14-yanvarga rejalashtirilgan.

Variety jurnali avvalroq “Зверополис 2” animatsion filmi 2025-yilda Gollivudda eng koʻp daromad keltirgan film boʻlganini xabar qilgan edi. Dunyo boʻylab namoyish etilgan Disney multfilmi 20 kun ichida 1,13 milliard dollar daromad olgan.

Muallif: Eldar Yo'ldoshev
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling