"Amir Temur" filmining oʻzbek tilidagi namoyishi boshlandi

E’lon qilingan sana· 1 058
"Amir Temur" filmining oʻzbek tilidagi namoyishi boshlandi

Toshkent kinoteatrlarida amerikalik ijodkorlar tomonidan suratga olingan “Amir Temur” filmi namoyishi davom etmoqda.

Compass Cinema kinoteatrida filmning o‘zbek tilidagi namoyishlari boshlandi, 5-apreldan esa Oʻzbekiston Milliy kino san’ati saroyida ham oʻzbek tilida namoyish etiladi.

Avvalroq, ushbu filmning yopiq premyerasidan tayyorlanga reportaj va “Amir Temur” filmiga taqrizni e’lon qilgan edik.

Filmga chiptalarni Afisha.uz sayti orqali xarid qilish mumkin.

Taxtgacha boʻlgan ogʻir yoʻl: amerikalik ijodkorlar ishlagan "Amir Temur" filmiga taqriz

27-mart kuni Cinematica kinoteatrida amerikalik ijodkorlar tomonidan ishlangan “Amir Temur” filmining yopiq premyerasi boʻlib oʻtdi. Film rejissyori sport mavzusidagi “Iron Cowboy” hujjatli filmi bilan taniylgan Jeykob Shvarts hisoblanadi. Bosh rolni “NCIS: Los Angeles” serialida oʻynagan Kristian Mortensen ijro etgan. Shuningdek, u filmning prodyuseri ham hisoblanadi. Qayd etilishicha, suratga olish ishlari Xiva shahrida, Tuproqqal’a shahar xarobalarida, shuningdek, Qozogʻistonda boʻlib oʻtgan.

"Amir Temur" filmining oʻzbek tilidagi rasmiy treyleri e'lon qilindi

Film oʻzbek tilidagi dublyaj bilan premyera qilinadi.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling