Drama janridagi “Paxta” badiiy filmi premyera qilinadi

E’lon qilingan sana· 174
Drama janridagi “Paxta” badiiy filmi premyera qilinadi

Milliy kino san’ati saroyida 17-aprel kuni Kinematografiya agentligi buyurtmasi asosida yaratilgan “Paxta” badiiy filmining katta premyerasi boʻlib oʻtadi. Bu haqda kinosaroy matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, kinokartina rejissyor Rashid Malikov tomonidan suratga olingan. Unda bosh rolni Xurshida Arabshoyeva ijro etgan. Drama janridagi kartina hayot sinovlari va murakkab taqdirni boshdan kechirgan ayol hikoyasini oʻzida aks ettiradi.

Ma’lumot uchun, “Paxta” filmi 2025-yilda Misr poytaxti Qohira shahridagi xalqaro kinofestivalda ishtirok etgandi. Shuningdek, filmda ishlagan Bektosh Rajabov “Eng yaxshi rassom ishi” nominatsiyasida, Boris Litovchenko esa “Eng yaxshi operatorlik ishi” nominatsiyasida “Oltin Humo” mukofotini qoʻlga kiritgan.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling