Kanndagi kinofestivalda gʻolib boʻlgan ijodkorlar "Kelajak bunyodkori" medali bilan mukofotlandi

E’lon qilingan sana· 269
Kanndagi kinofestivalda gʻolib boʻlgan ijodkorlar "Kelajak bunyodkori" medali bilan mukofotlandi

Fransiyaning Kann shahrida o‘tkazilgan xalqaro kinofestivalda gʻolib chiqqan oʻzbekistonlik ijodkorlar prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan “Kelajak bunyodkori” medali bilan mukofotlandi.

Kinorejissyorlar Suhrob Qodirov va Dilshod Usmonov oʻzining “Qadam. Quyosh bolasi Yusuf” qisqa metrajli filmi" bilan 17-Xalqaro “Entre Deux Cannes” inklyuziv kinofestivalida qatnashdi va gran-pri sovrinini qoʻlga kirtidi.

Kinematografiya agentligi buyurtmasi asosida “Yoshlik” kinostudiyasi tomonidan suratga olingan qisqa metrajli film — mehr, matonat va insoniylik haqida haqidagi hikoya hisoblanadi.

Kinokartina qahramoni Yusuf — daun sindromi bilan tug‘ilgan bola. Ammo uning qalbida cheksiz nur, musiqaga muhabbat va hayotga ishonch yashaydi. Onasi Zilola esa farzandining jamiyatda o‘z o‘rniga ega ekanini isbotlash uchun kurashadi.

“Entre Deux Cannes” — nogironlik, neyrodiverslik va insoniy xilma-xillik mavzulariga bag‘ishlangan badiiy hamda hujjatli filmlar ishtirok etadigan festival. Uning asosiy g‘oyasi imkoniyati cheklangan va sog‘lom insonlarni kino orqali birlashtirish hisoblanadi. U odatda asosiy Kann festivali bilan bir davrda va bir shaharda o‘tkaziladi.

Qisqa metrajli oʻzbek filmi Kann shahrida o‘tkazilgan xalqaro festivalda gʻolib boʻldi

Fransiyaning Kann shahrida o‘tkazilgan 17-Xalqaro “Entre Deux Cannes” inklyuziv kinofestivalida oʻzbekistonlik ijodkorlar tomonidan suratga olingan “Qadam. Quyosh bolasi Yusuf” qisqa metrajli filmi gran-pri sovrinini qoʻlga kiritdi. Bu haqda Kinematografiya agentligi matbuot xizmati xabar berdi.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling