Anons
Retro Film klubida kinolar namoyishi
E’lon qilingan sana: · 625

Milliy kino san’ati saroyida Retro Film klubi doirasida kino namoyishlari va kinoshunos Anatoliy Sinitsin bilan uchrashuvlar boʻlib oʻtadi.
Dastur
10-iyun:
- “Yarim tun kovboyi” (Midnight Cowboy, 1969) — 18:30 (5-zal);
11-iyun:
- “Fransuz aloqachisi” (The French Connection, 1971) — 18:30 (5-zal);
12-iyun:
- “Darbadarlar” (The Misfits, 1961) — 18:30 (5-zal);
Namoyishdan so‘ng Anatoliy Sinitsin aktrisa Merilin Monroning hayoti, taqdiri va ijodi haqida hikoya qiladi. Merilin Monro haqidagi tadqiqotlar uning eng sevimli mavzularidan biri hisoblanadi.
Anatoliy Sinitsin — rossiyalik kinoshunos, kino tarixchisi, kolleksioner va jahon kinosi tadqiqotchisi. Uning ma’ruzalari filmlar yaratilish tarixi, aktyorlar va rejissyorlar taqdiri hamda kino olamining kam ma’lum bo‘lgan sahifalarini kashf etish imkonini beradi.
Kirish narxi — 20 000 so‘m.
Murojaat uchun telefon raqami: (+998) 77−297−8888.
Jadval
10dan 12-iyungacha
18:30
Toshkent, Alisher Navoiy ko‘ch., 15