Gay Richining “In the Grey” filmi oʻzbek tiliga dublyaj qilindi

E’lon qilingan sana· 288
Gay Richining “In the Grey” filmi oʻzbek tiliga dublyaj qilindi

Rejissyor Gay Richining “In the Grey” filmi oʻzbek tiliga dublyaj qilindi. Kinokartina “Kinopoisk” portaliga joylanadi.

Personajlarga quyidagilar ovoz bergan:

  • Sid — Erkin Bozorov
  • Bronko — Nodir Mirzaahmedov
  • Bobbi — Laziza Azizzoda
  • Reychel — Nazokat Abdurahmonova
  • Xorovits — Boir Xolmirzayev
  • Salazar — Mahmud Ismoilov
  • Guchchi — Bahtiyor Yusupov
  • Beyker — Doniyor Nasriddinov
  • Xavier — Ixtiyor Otajonov
  • Moreno — Otabek Iskandarov
  • Qiz — Laziza Mirkomilova.

Film syujetiga koʻra, hafqatsiz magnat Salazar milliard dollarni oʻzlashtiradi, zukko Reychel boshchiligidagi elita agentlari guruhi har qanday yo‘l bilan pulni qaytarish vazifasini oladi. Sid, Bronko va ularning sheriklari firibgarga bosim o‘tkazish strategiyasini amalga oshira boshlaydi, so‘ngra Salazarning oroliga boradi va u yerda qurol hamda portlovchi moddalar bilan ishlash bo‘yicha barcha ko‘nikmalarini namoyish etadi. Biroq kutilmaganda vaziyat nazoratdan chiqib ketadi.

Avvalroq “Kinopoisk"ka “Tarjimon”, “The Equalizer”, “Nojentlmencha ishlar vazirligi”, “Garfild”, “Bad Boys: Ride or Die”, “Karatechi bola”, “Drakula” va boshqa filmlarning oʻzbek tilidagi dublyaji joylangandi.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling