“O‘yinchoqlar tarixi 5” kassada 1 mlrd dollarlik marraga yaqinlashmoqda

Pixar studiyasining “O‘yinchoqlar tarixi 5” (Toy Story 5) animatsion filmi jahon prokatida qariyb 900 million dollar yig‘di va yilning eng muvaffaqiyatli kartinalaridan biri bo‘lib qolmoqda.
Tahlilchilarga ko‘ra, film yaqin vaqt ichida 1 milliard dollarlik marrani zabt etishi kutilmoqda. Agar prognozlar tasdiqlansa, beshinchi qism franshizaning eng kassabop filmi bo‘lib, “O‘yinchoqlar tarixi 4"ning 1,07 milliard dollarlik natijasiga yaqinlashadi yoki undan o‘tadi.
Yangi filmda Vudi, Baz Layter, Jessi va boshqa tanish qahramonlar yana bir bor tomoshabinlar bilan uchrashadi. Bu safar syujet markazida an’anaviy o‘yinchoqlar va zamonaviy gadjetlar o‘rtasidagi qarama-qarshilik turadi.
Kartina Shimoliy Amerikadagi ilk prokat haftasida 160 million dollar ishlab, franshiza tarixidagi eng kuchli start natijasini ham qayd etdi.