Sharof Rashidov haqidagi “Davr qahramoni” hujjatli filmi YouTube’da premyera qilinadi

E’lon qilingan sana· 410
Sharof Rashidov haqidagi “Davr qahramoni” hujjatli filmi YouTube’da premyera qilinadi

Davlat arbobi Sharof Rashidovning hayoti va faoliyatiga bag‘ishlangan “Davr qahramoni” hujjatli filmi 4-avgust kuni soat 19:00 da YouTube platformasida namoyish etiladi.

Film Sharof Rashidov faoliyati va O‘zbekiston tarixining keng ommaga kam ma’lum bo‘lgan sahifalari haqida hikoya qiladi. Loyiha ustidagi ishlar bir necha yil davom etgan bo‘lib, ijodkorlar arxiv hujjatlari, zamondoshlar xotiralari va boshqa tarixiy manbalarni o‘rgangan.

Avvalroq film ZO‘R TV telekanali efirida namoyish etilgandi.

Filmning yopiq premyerasidan olingan suratlarni ushbu havola orqali ko‘rish mumkin.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling