“O‘rgimchak odam: yangi kun” 2026-yilning eng kassabop filmiga aylandi

E’lon qilingan sana· 818
“O‘rgimchak odam: yangi kun” 2026-yilning eng kassabop filmiga aylandi

Sony va Marvel studiyalarining “O‘rgimchak odam: yangi kun” filmi prokatning atigi yettinchi kunida 2026-yilning eng kassabop kartinasiga aylandi.

Film bugungi kungacha jahon prokatida 1,155 milliard dollar yig‘di. Shundan 449 million dollari AQSh, 706,3 million dollari esa xalqaro bozorlarga to‘g‘ri keladi. Shu tariqa kartina “O‘yinchoqlar tarixi 5"ning 1,067 milliard dollarlik natijasini ortda qoldirdi.

“Yangi kun” AQSh prokatida seshanba kuni eng katta daromad (42 million dollar) va dushanba kuni eng yuqori tushum (47 million dollar) bo‘yicha ham yangi rekordlarni o‘rnatdi. Bundan tashqari, film Shimoliy Amerikada 400 million dollar yig‘gan eng tezkor kartinaga aylandi hamda 1 milliard dollarlik marrani atigi olti kun ichida zabt etgan tarixdagi ikkinchi film bo‘ldi.

Filmda bosh rollarni Tom Holland va Zendaya ijro etgan. Marvel Studios prezidenti Kevin Faygining ta’kidlashicha, kartinaning muvaffaqiyati O‘rgimchak odam obrazining yillar davomida mashhurligini saqlab qolayotgani va Tom Hollandning bu rolni muvaffaqiyatli gavdalantirgani bilan bog‘liq.

“O‘rgimchak odam: yangi kun” 1 milliard dollar yig‘di

Sony va Marvel studiyalarining “O‘rgimchak odam: yangi kun” filmi jahon prokatida 1,052 milliard dollar yig‘di.

“O‘rgimchak odam: yangi kun” ilk dam olish kunlarida “Qasoskorlar” rekordini yangiladi

Marvel va Sony’ning “O‘rgimchak odam: yangi kun” filmi AQSh prokatidagi ilk dam olish kunlarida 360 million dollar yig‘ib, mamlakat tarixidagi eng yuqori debyut natijasini qayd etdi.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling