“VisionQuest” serialining final qismi Disney+ rekordini yangiladi

E’lon qilingan sana: · 292
“VisionQuest” serialining final qismi Disney+ rekordini yangiladi

Shu hafta “VisionQuest” seriali yakunlandi. Variety ma’lumotlariga ko‘ra, uning so‘nggi qismi Disney+ platformasida 3,7 million marta tomosha qilingan. Bu 2023-yilda “Loki” serialining ikkinchi mavsumi chiqqanidan beri Marvel televizion olamidagi eng yuqori ko‘rsatkich hisoblanadi.

Serialning final qismi so‘nggi uch yilda Marvel Studios tomonidan chiqarilgan boshqa loyihalar, jumladan, “Qo‘rqmas: Qayta tug‘ilish” va “Agata: Hamma vaqt” seriallarining yakuniy qismlaridan ham o‘zib ketgan. Loyihada Pol Bettani, Jeyms Speyder, Ruri Mollika va boshqa aktyorlar suratga tushgan.

Syujetga ko‘ra, superqahramon Vijn “Qasoskorlar” filmlarining yakuniy voqealaridan so‘ng qayta tiriladi va raqamli ong bo‘ylab sayohatga otlanadi. Serial tanqidchilar tomonidan ijobiy baholangan — Rotten Tomatoes’da 86 foiz, Metacritic’da esa 100 balldan 64 ball olgan.

“VisionQuest” serialining treyleri e’lon qildi

Disney+ va Marvel Studios “VisionQuest” yangi serialining ilk treylerini taqdim etdi.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling