Anons
Mumiy Troll
E’lon qilingan sana: · 270

Milliy kino san’ati saroyida “Mumiy Troll” guruhining konserti boʻlib oʻtadi. Afsonaviy rok guruhi Toshkentga yana bir bor katta yakkaxon konsert dasturi bilan qaytadi.
“Mumiy Troll” nafaqat kultga aylangan guruh, balki Rossiya rok-sahnasining haqiqiy novatorlaridir. Ular birinchi bo‘lib alternativ rokni Sharq estetikasi bilan uyg‘unlashtirib, “rus roki"ni jahon darajasiga olib chiqdi va hozir ham zamonaviy musiqaga ohan qoʻshmoqda. Ularning konsertlari har doim ajoyib drayv, jonli ovoz va energiyaga boy boʻladi.
Chiptalar narxi: 400 000 soʻmdan 2 000 000 soʻmgacha.
Murojaat uchun telefon raqamlari: (+998) 71−207−1071; (+998) 71−207−2072.