Anons
Stenli Klark
E’lon qilingan sana: · 334

Xalqaro forumlar saroyi ochiq maydonida Toshkentdagi xalqaro jaz festivali doirasida festival ochilishi hamda jaz afsonasi Stenli Klark konserti boʻlib oʻtadi.
To‘rt karra “Grammy” mukofoti sovrindori, musiqa tarixidagi eng buyuk bas gitarachilaridan biri va mashhur “Return to Forever” guruhining hammuassisi sifatida u jaz “fusion"ning boshida turgan. Klark 50 yildan ortiq faoliyati davomida Miles Davis, Quincy Jones, Herbie Hancock va Aretta Franklin bilan birgalikda ijro etib, taronalari tasmasini chiqargan. 2022-yilda u AQSHning jaz sohasidagi eng yuqori davlat mukofoti — “Jazz Master” unvoniga sazovor bo‘lgan.
Kirish bepul.
