Yangi yil bayrami kunlari muzeylar va ba'zi mehmonxonalarga chegirmalar kiritiladi

Yangi yil bayrami kunlari davomida madaniy meros obyektlariga kirish chiptalariga 10 foizgacha chegirmalar berilishi, shuningdek, ayrim obyektlarga bepul kirish mumkin boʻladi. Bu haqda Turizm qoʻmitasi xabar berdi.
Bundan tashqari, turizm sohasidagi tadbirkorlik subyektlari tomonidan mehmonxonalar, mehmon uylari va boshqa joylashtirish vositalarida ixtiyoriy ravishda 20 foizgacha maxsus bayram chegirmalari taqdim etilmoqda. Ushbu havola orqali chegirmalar beriladigan muassasalar roʻyxati bilan tanishish mumkin.
Shuningdek, “Temir daftar”, “Ayollar daftari” va “Yoshlar daftari"ga kiritilgan fuqarolar va nogironligi bo‘lgan shaxslar davlat teatrlarining spektakllariga bepul kiritiladi.
Avvalroq Toshkentdagi Yangi yil bayrami tadbirlari oʻtkaziladigan joylar va ularning vaqtlari e’lon qilingandi.