Anons

ARTmosfera koʻrgazmasi

E’lon qilingan sana· 69
ARTmosfera koʻrgazmasi

Oʻzbekiston tasviriy san’at galereyasida yoshlar ijodiga bagʻishlangan “ARTmosfera” koʻrgazmasi boʻlib oʻtadi.

Ushbu ko‘rgazma yoshlarning san’atda o‘z yo‘lini izlayotganini va turli uslublarni sinab ko‘rayotganini, yangi mavzular va obrazlarni kashf etayotganini ko‘rish imkonini beradi.

Ko‘rgazmada yosh rassomlar, O‘zbekiston Badiiy akademiyasi stajyorlari, Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn instituti, Toshkent xalqaro kimyo universiteti, S.A. Gerasimov nomidagi Butunrossiya davlat kinematografiya instituti Toshkent filiali talabalari ishtirok etadi.

Koʻrgazmaning ochilishi 10-iyul kuni soat 17:00 da boshlanadi.

Kirish bepul.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Jadval