Anons
ARTmosfera koʻrgazmasi
E’lon qilingan sana: · 56

O‘zbekiston Tasviriy san’at galereyasida yoshlar ijodiga bag‘ishlangan “ARTmosfera” ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tmoqda.
Mazkur ko‘rgazma yoshlarning san’atda o‘z yo‘lini izlashi, turli uslublarni sinab ko‘rishi, yangi mavzu va obrazlarni kashf etish imkonini beradi.
Ko‘rgazmada yosh rassomlar, O‘zbekiston Badiiy akademiyasi stajyorlari, Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn instituti, Toshkent xalqaro kimyo universiteti, S.A.Gerasimov nomidagi Butunrossiya davlat kinematografiya instituti Toshkent filiali talabalari ishtirok etadi.
Kirish bepul.
11-iyuldan 10-avgustgacha
Toshkent, Buyuk Turon ko‘ch., 2