Anons
“G‘ijduvon kulolchiligi va pazandalari” festivali
E’lon qilingan sana: · 6

Buxoro viloyati G‘ijduvon tumanidagi qadimiy “G‘ijduvon Qo‘rg‘oni” hududida “G‘ijduvon kulolchiligi va pazandalari” festivali bo‘lib o‘tadi.
Festivalda kulolchilik bo‘yicha mahorat darslari, milliy hunarmandchilik ko‘rgazmalari va hunarmandlar yarmarkasi tashkil etiladi.
Shuningdek, mehmonlar 35 xil milliy taom sayli, “Kofe-choy” festivali, pazandalik namoyishlari, folklor konsertlari, milliy sport o‘yinlari, xalq sayillari va tanlovlarda ishtirok etishi mumkin.

Jadval
22-avgust
09:00
Gʻijduvon kulolchiligi geografik koʻrsatkich maqomini oldi
Ushbu hunarmandchilik avloddan-avlodga oʻtib kelayotgan 60 ga yaqin mahsulot va 300 dan ortiq bezak kompozitsiyalarini oʻz ichiga oladi.