Tashkent City Park mart oyi uchun ko‘ngilochar dasturlarini e’lon qildi

E’lon qilingan sana· 420
Tashkent City Park mart oyi uchun ko‘ngilochar dasturlarini e’lon qildi

Tashkent City Park ma’muriyati yangi mavsum ochilganini e’lon qildi. Tashkent City Park bahorning birinchi oyida bo’lib o’tadigan quyidagi ko’ngilochar dasturlariga taklif qiladi.

Musiqiy favvora

Favvoralarning yangi mavsumi yangi kompozitsiyalar bilan ochiladi, ularni yaratish uchun Xitoydan bir guruh mutaxassislar Toshkentga tashrif buyurishgan.

Favvora har kuni soat 18:30, 19:30, 20:30 va 21:30 da ishga tushiriladi.

Dam olish kunlarida konsertlar

Konsertlar har hafta dam olish kunlari — 5, 8, 12, 19, 20 va 21-mart kunlari estrada yulduzlari ishtirokida bo’lib o’tadi. Tashrif buyuruvchilarni milliy musiqalar ijrosi, raqslar va diskoteka kutmoqda.

Navro’z bayrami

Tashkent City Parkda 19−21-mart kunlari bir vaqtning o‘zida bir nechta joyda sumalak pishiriladi. Bog’da bo’lib o’tadigan Navro’z bayramida VIA Marokand, Ziyoda, Alisher Fayz va boshqa estrada yulduzlarining chiqishlari kutilmoqda. Shuningdek, milliy folklor ansambllari va raqs jamoalari chiqishlari, arqonchilar shoulari, pazandachilik mahorat darslari, tematik teatr tomoshalari ham bayram dasturidan joy olgan.

Mart oyidagi ko’ngilochar dasturlar

Shuningdek, mart oyida quyidagi tadbir bo’lishi kutilmoqda:

  • 5 mart — “Siti-shou” konsert dasturi;
  • 8 mart — “Benom” guruhi ishtirokidagi konsert dasturi;
  • 19 mart — VIA Marokand ishtirokida “Navro‘z-2023” bayramona konsert dasturi;
  • 20 mart — uch joyda sumalak tayyorlash va bayram tadbirlari, xonanda Ziyoda ishtirokidagi konsert dasturi;
  • 21-mart — sumalak tarqatiladi va bayram tadbirlari o’tkaziladi, xonanda Alisher Fayz ishtirokida konsert dasturi,
Afisha.uz saytidagi ma‘lumotlarni ko‘paytirish, nusxalash, tarqatish va boshqa maqsadlarda foydalanish faqat tahririyatning yozma ruxsati bilan mumkin. Foydalanuvchi kelishuvi
Elektron OAV guvohnomasi №0400. Berilgan sanasi 13-avgust 2019-yil
Muassis: «Afisha Media» MChJ
Bosh muharrir: Sapayeva Galina Vyacheslavovna
Manzil: 100007, Toshkent, Parkent ko‘chasi, 26А / Pochta: info@afisha.uz
© 2005-2024 Afisha.uz
«Afisha Media» MChJ