5−7-aprel kunlari kuchli yomg‘ir yog‘ishi kutilmoqda

E‘lon qilindi· 92
5−7-aprel kunlari kuchli yomg‘ir yog‘ishi kutilmoqda

O‘zbekistonda ikki kun davomida kuchli yomg‘ir yog‘ishi kutilmoqda, deya xabar qildi O‘zgidromet.

Xususan, 5−7-aprel kunlari O‘zbekiston bo‘yicha vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi, respublikaning ayrim hududlarida do‘l yog‘ishi mumkin. Momaqaldiroq paytida ba’zi joylarda shamol tezligi 15−20 m/s gacha kuchayadi.

5−7-aprel kunlari kutilayotgan kuchli yomg‘irlar yog‘ishi sababli, respublikaning tog‘ oldi va tog‘li hududlarida sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin.

“Tog‘ oldi va tog‘li hududlarda istiqomat qiluvchi fuqarolarni, dam oluvchilarni hamda tog‘li hududlarda harakatlanuvchi haydovchilarni ehtiyotkorlik choralarini ko‘rishlarini so‘raymiz”, — deyiladi xabarda.