Kelasi hafta qor yogʻib, harorat -17 darajagacha pasayishi kutilmoqda

E’lon qilingan sana· 395
Kelasi hafta qor yogʻib, harorat -17 darajagacha pasayishi kutilmoqda

O‘zbekiston hududiga 9-dekabrdan Ural va G‘arbiy Qozog‘iston orqali Rossiyaning Shimoliy Yevropa hududlaridan juda sovuq havo massasi kirib kelishi kutilmoqda, deb xabar berdi Oʻzgidromet matbuot xizmati.

Ma’lumotlarga koʻra, sovuq havo massasi 9−10-dekabr kunlari shimoliy hududlarga, 11−12-dekabrda esa butun respublika hududiga tarqaladi.

10−11-dekabr kunlari respublika bo‘ylab yog‘ingarchilik bo‘ladi (yomg‘ir qorga aylanishi mumkin). Kelasi hafta harorat -17 darajagacha pasayib, qor yog‘ishi kutilmoqda.

Havo harorati asta-sekin pasayadi va 11−12-dekabrda kechasi −7…−10 darajagacha, kunduzi 0…-3 darajagacha pasayadi. Shimolda kechasi −12…−17 daraja, kunduzi −5…−10 daraja sovuq bo‘lishi kutilmoqda. Toshkent shahrida 10−11-dekabrda vaqti-vaqti bilan yog‘ingarchilik bo‘ladi (yomg‘ir qorga aylanishi mumkin). 11−12-dekabrda havo harorati kechasi −7…−10 daraja, kunduzi 0…-3 darajagacha pasayadi.

“9−12-dekabr kunlari uchun ob-havo ma’lumoti maslahatomuz hisoblanadi. Agar keskin sovuq yangi ma’lumotlar bilan tasdiqlansa, O‘zgidromet maxsus xabari bilan e’lon qiladi”, — deyiladi xabarda.

Afisha.uz saytidagi ma‘lumotlarni ko‘paytirish, nusxalash, tarqatish va boshqa maqsadlarda foydalanish faqat tahririyatning yozma ruxsati bilan mumkin. Foydalanuvchi kelishuvi
Elektron OAV guvohnomasi №0400. Berilgan sanasi 13-avgust 2019-yil
Muassis: «Afisha Media» MChJ
Bosh muharrir: Sapayeva Galina Vyacheslavovna
Manzil: 100007, Toshkent, Parkent ko‘chasi, 26А / Pochta: info@afisha.uz
© 2005-2024 Afisha.uz
«Afisha Media» MChJ