Haftaning oʻrtasida harorat ko‘tarila boshlaydi

E’lon qilingan sana· 2 753
Haftaning oʻrtasida harorat ko‘tarila boshlaydi

Oʻzgidromet`ning xabar berishicha, O‘zbekistonda haftaning ikkinchi yarmidan sovuq havo massasi kuchsizlanib, chekina boshlaydi.

Dushanba kuni kunduzi sovuq va nam havo massasi asta-sekin respublikaning barcha hududlariga tarqaladi. Barcha joylarda yomg‘ir, qor yog‘adi. Farg‘ona vodiysi hududlarida esa yog‘ingarchilik kechga yaqin boshlanadi.

Seshanba kuni qor ko‘rinishidagi yog‘ingarchilik Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo viloyatlari va Farg‘ona vodiysi viloyatlarida saqlanib turadi. Tog‘li hududlarning baʼzi joylarda qor kuchli yog‘adi. Respublikaning qolgan hududlarida yog‘ingarchilik kutilmaydi.

Chorshanbadan jumagacha esa barcha hududlari bo‘yicha yog‘ingarchiliksiz ob-havo bo‘lishi kutilmoqda.

Respublika bo‘yicha baʼzi joylarga tuman tushadi. Ayrim joylarda shamol 17−22 m/s gacha kuchayishi mumkin.

Toshkent shahrida 11−12-dekabr kunlari vaqti-vaqti bilan yog‘ingarchilik (yomg‘ir qorga aylanadi) bo‘ladi, 13−15 dekabr kunlari yog‘ingarchilik kutilmaydi. Kechasi va ertalab tuman tushishi mumkin. 11−12 dekabrda shamol tezligi vaqti-vaqti bilan 12−15 m/s gacha kuchayadi. 12−15 dekabrda yo‘llarda yaxmalak yuzaga keladi.

Harorat 11-dekabrda +3…+5 daraja, 12-dekabrda kechasi va kunduzi −5…−7 daraja, 13 dekabrda kechasi −11…−13 daraja, kunduzi −5…−7 daraja bo‘ladi. 14−15-dekabrda harorat kechasi −2…−5 darajagacha, kunduzi +2…+5 darajagacha asta-sekin ko‘tariladi.

Afisha.uz saytidagi ma‘lumotlarni ko‘paytirish, nusxalash, tarqatish va boshqa maqsadlarda foydalanish faqat tahririyatning yozma ruxsati bilan mumkin. Foydalanuvchi kelishuvi
Elektron OAV guvohnomasi №0400. Berilgan sanasi 13-avgust 2019-yil
Muassis: «Afisha Media» MChJ
Bosh muharrir: Sapayeva Galina Vyacheslavovna
Manzil: 100007, Toshkent, Parkent ko‘chasi, 26А / Pochta: info@afisha.uz
© 2005-2024 Afisha.uz
«Afisha Media» MChJ