25-dekabrdan Yunusobod va Turkiston metro bekatlari faoliyati tiklandi

E’lon qilingan sana· 1 495
25-dekabrdan Yunusobod va Turkiston metro bekatlari faoliyati tiklandi

Shu yilning 25-dekabrdan boshlab Toshkent metrosining Yunusobod yo‘nalishidagi “Yunusobod” va “Turkiston” bekatlari qayta ochildi, deya xabar bermoqda tashkilot matbuot xizmati.

Uning yopilishiga rejali profilaktik ishlar sabab qilib ko‘rsatilgandi. Ushbu ishlar roppa-rosa 4 oy davom etdi.

25-dekabrdan bekatlar ish faoliyati soat 05:00dan 00:00gacha doimiy reja asosida yo‘lga qo‘yiladi.

Amalga oshirilgan ishlar natijasida, yo‘nalishda harakatlanuvchi poyezdlar oraliq vaqt intervali tig‘iz vaqtlarda 10 daqiqadan 4 daqiqagacha qisqartiriladi. Kelgusida bu ko‘rsatkich yanada qisqartirilib, 2 daqiqaga yetkazish rejalashtirilgan, deyiladi xabarda.

Afisha.uz saytidagi ma‘lumotlarni ko‘paytirish, nusxalash, tarqatish va boshqa maqsadlarda foydalanish faqat tahririyatning yozma ruxsati bilan mumkin. Foydalanuvchi kelishuvi
Elektron OAV guvohnomasi №0400. Berilgan sanasi 13-avgust 2019-yil
Muassis: «Afisha Media» MChJ
Bosh muharrir: Sapayeva Galina Vyacheslavovna
Manzil: 100007, Toshkent, Parkent ko‘chasi, 26А / Pochta: info@afisha.uz
© 2005-2024 Afisha.uz
«Afisha Media» MChJ